TOSHKENT, 12 iyun - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiya Kuni bilan tabrikladi. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi", - deyilgan xabarda.
12 iyun - Rossiya Federatsiyasida "Rossiya Kuni" bayrami sifatida nishonlanadi. 1990 yilda ushbu kun RSFSR davlat suvereniteti deklaratsiyasi qabul qilingan. Ushbu deklaratsiyada RSFSR qonunlariga oʻsha vaqtda har tomonlama zaiflashgan SSSR qonunlaridan koʻra ustuvorlik berish belgilangan edi. 2002 yilga qadar ushbu bayram "Deklaratsiya qabul qilingan kun" deb atalgan. Qizigʻi shundaki, ushbu bayram hech qachon "Rossiya mustaqillik kuni" deyilmagan.