Uzbekistan Airports aeroportlarni ochishga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNoviy mejdunarodniy terminal aeroporta Tashkent
Noviy mejdunarodniy terminal aeroporta Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uzbekistan Airports, O‘zaviatsiya va xorijiy aviakompaniya vakillari o‘z faoliyatlarini qayta tiklashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

TOShKENT, 12-iyun - Sputnik. Dunyoda koronavirus pandemiyasi ta’siri kamayib, mamlakatlar birin ketin o‘z chegaralarini ochishni boshlagan vaqtda Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati ham O‘zbekiston aeroportlari faoliyatini qayta tiklashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazmoqda. 

Turbina samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Havo yo‘llari xorijiy boshqaruvga berilishi mumkin 

Jamiyat, xususan 20dan ziyod xorijiy aviakompaniya vakillari hamda “O‘zaviatsiya” agentligi ishtirokida o‘tgan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbirda Turkush Airlines, Fly Dubai, Korean Air, Asiana, Air Astana, Aeroflot, Sibir va boshqa avaikompaniya vakillari ishtirok etdi.

Muzokaralarda pandemiya va undan keyingi holatlarda xorijiy aviakompaniyalarning o‘zaro parvozlarni qayta tiklash va samarali yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Uchrashuvda “Uzbekistan Airports” AJ Boshqaruvi raisi Rovshan Ismailov hamda xorijiy aviakompaniya vakillari so‘zga chiqib parvozlarni qayta tiklashga har jihatdan tayor ekanliklarini bildirishdi, deb xabar qilmoqda “Uzbekistan Airports” AJ Axborot xizmati. 

Ma’lumot uchun, 4-iyundan boshlab Avstriya o‘ziga qo‘shni bo‘lgan 7 davlat bilan chegaralarini ochgan edi. Italiya va Ispaniya ham biroz oldin o‘z chegaralarini sayyohlar uchun ochishini ma’lum qilgan edi. Latviya, Litva va Estoniya esa 1 oy oldin o‘zaro chegaralarini ochiq deb e’lon qilgan, 1-iyundan boshlab esa - yana 24ta Yevropa davlatlari fuqarolari kirib-chiqishiga ruxsat bergan edi. Boltiqbo‘yi davlatlariga kirish cheklovlari faqat Belgiya, Britaniya, Shvetsiya va Portugaliya fuqarolari uchun saqlanib qolingan.

Yangiliklar lentasi
0