Hodisalar

Andijonda fuqaroning oʻlimiga sababchi boʻlgan 3 nafar "oper" qamoqqa olindi

© Sputnik / Vladimir PesnyaSotrudnik sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik Oʻzbekiston
Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilib, shu kuni Andijon shahar IIO FMB 4-son IIB xodimlariga nisbatan JKning 206-moddasi 1-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

TOSHKENT, 13 iyun — Sputnik. 2020 yil 30 may kuni Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam Andijon filialiga Andijon shahar, Salohiyat koʻchasida yashovchi fuqaro A.Abdukarimov tan jarohatlari bilan kelib tushgan. Bu haqda Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qiynoq ostida olingan dalillar sudda oʻtmaydi - prezident farmoni

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilib, shu kuni Andijon shahar IIO FMB 4-son IIB xodimlariga nisbatan JKning 206-moddasi 1-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Aniqlanishicha, IIB JQB tezkor vakillari ish yurituvdagi ariza yuzasidan fuqaro A.Abdukarimovni IIB maʼmuriy binosiga olib kelib, hayoti va sogʻligi uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatib, noqonuniy ravishda ushlab turganliklari oqibatida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sababchi boʻlgan.

A.Abdukarimov sogʻligʻi yomonlashganligi sababli Andijon shahar IIO FMB 4-son IIBdan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida  01.06.2020 yilda 3 nafar ichki ishlar xodimlariga nisbatan JKning 206,  234 va 235-moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Jabrlanuvchi A.Abdukarimovga shifokorlar tomonidan barcha tibbiy yordamlar koʻrsatilgan boʻlishiga qaramasdan u 11.06.2020 yilda vafot etgan.

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala