Irqchilikka qarshi namoyish: Fransiya politsiyasi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazni qo‘lladi

Obuna bo‘lish
Fransiyaning Lill shahrida mitingni tarqatish uchun politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gazni qo‘lladi. Namoyishchilar shahar markaziga kirishga urindi.

Huquq-tartibot xodimlari Respublika maydonida to‘plangan yuzlab namoyishchilarni qurshab oldilar va ularning yurishiga yo‘l qo‘ymadi. Mitingda keskinlik kuchayganida, politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gazni qo‘llashga majbur bo‘ldi.

AQShda afroamerikalik Jorj Floydning o‘limidan so‘ng norozilik namoyishlari butun dunyoga tarqaldi. Erkak hibsga olish paytida politsiya xodimining qo‘pol xatti-harakatlari oqibatida vafot etdi.

Floyd Xyustenda onasining qabri oldida dafn etildi. Marosimda bir necha yuz kishi qatnashdi.

Yangiliklar lentasi
0