Dunyoda

“Tolibon” zarbasi: afgʻon blokpostiga qilingan hujum oqibatida 7 nafar harbiy halok boʻldi

© AP Photos / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya "Taliban"
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston
“Tolibon” jangarilari mamlakatning markaziy qismidagi Gor provintsiyasida xavfsizlik xizmati postiga hujum qilishdi.

TOSHKENT, 13 iyun — Sputnik. “Tolibon”* jangarilari mamlakatning markaziy qismidagi Gor provintsiyasida xavfsizlik xizmati postiga hujum qilishdi. Buning oqibatida 7 nafar harbiy xizmatchi halok boʻldi. Tolo News telekanali xabar qildi.

Hujum juma kuni, kechqurun Pasaband uyezdida amalga oshirildi.

Zaklyuchennыe talibы vo vremya ix osvobojdeniya iz tyurmы Bagram, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Afgʻonistonda birdaniga 900 nafar "Tolibon" aʼzolari ozod qilindi

Eslatib oʻtamiz, Afgʻoniston hukumati Ramazon hayitining birinchi kunida "Tolibon" radikal harakatining birdaniga 900 aʼzosini  ozod qilgandi.

Afgʻonistonda hukumat kuchlari bilan mamlakatning qishloq joylarida muhim hududni egallab olib, yirik shaharlar bosib olishga oʻtgan “Tolibon” radikal harakati jangarilari oʻrtasida qarama-qarshilik mavjud. Shuningdek, mamlakatda "Islom davlati"* terrorchilik guruhining taʼsiri kuchaygan.

Afgʻoniston milliy mudofaasi va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat boʻylab qoʻshma aksilterror operatsiyalarini oʻtkazmoqdalar.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala