Bog‘chalar 1-avgustdan ochiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDeti v detskom sadu
Deti v detskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bilan birgalikda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish to‘g‘risidagi cheklov bekor qilindi.

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatiga joriy yilning 1-avgustidan boshlab ruxsat beriladi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.

Bu qaror tarbiyalanuvchilarni qabul qilishga puxta tayyorlash, shu jumladan sanitariya-gigiyenik qoidalar va xavfsizlik choralarini to‘liq ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Shu bilan birgalikda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish to‘g‘risidagi cheklov bekor qilindi.

Qo‘yilgan talablar:

  • bog‘cha binolari doimiy ravishda dezinfeksiya qilinadi, ularga kirish-chiqish joylari pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shaklar” bilan jihozlanadi;
  • xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopdan foydalanadi va ijtimoiy masofani saqlaydi;
  • tana harorati 37*S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilar mashg‘ulotlarga kiritilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0