Olmazorga yaqin hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharcha quriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPo sosedstvu s Almazarskim rayonom Tashkenta postroyat gorod-sputnik v Tashkentskom rayone na 150 tisach jiteley
Po sosedstvu s Almazarskim rayonom Tashkenta postroyat gorod-sputnik v Tashkentskom rayone na 150 tisach jiteley - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentning Olmazor tumaniga yaqin hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi quriladi.

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Toshkent viloyati Toshkent tumanining Toshkent shahar Olmazor tumaniga yaqin 260 gektar hududida yangi yo‘ldosh shaharcha quriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Olmazor tumani faollari bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Shaharcha 260 gektar maydonda quriladi. Bundan tashqari, bu erda 20 m kenglikdagi bog‘lar, piyodalar hududlari, velosiped yo‘laklari va uzunligi 14 km bo‘lgan qirg‘oq zonasi barpo etiladi. Bu hududda kamida 5000 kishini ish bilan ta’minlaydigan savdo nuqtalari yaratiladi.

Mer Moskvi S. Sobanin osmotrel xod stroitelstva JK ZILART - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida chet el investorlari uchun zamonaviy shaharcha barpo etiladi

“Aholining uy-joyga ehtiyoji yuqoriligini hisobga olib, Toshkent tumanida Olmazorga yaqin hududda 260 gektar yerni ajratib, 150 ming nafar aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharchani quramiz”, — deb ta’kidlagan Mirziyoyev.

“Chorsu bozori”, Zarqaynar, Sag‘bon, Sebzor, Qorasaroy, Go‘zalbog‘ va boshqa ko‘cha-mahallalarda, jami 482 gektar maydonda zamonaviy turistik, savdo va dam olish maskani — “ochiq osmon ostidagi muzey” barpo etiladi. Bu erda hunarmandchilik do‘konlari va rastalari, choyxona va mehmonxonalar, kichik muzeylar tashkil etiladi.

“Agregat” zavodini Chirchiqqa ko‘chirgan holda, uning hududida Olmazor aholisi uchun 12−14−16 qavatli arzon uylar qurish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0