Poytaxtda va ikki viloyatda aholi orasida yangi koronavirus holati aniqlandi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 5051 taga yetdi. So‘nggi soatlarda poytaxtda va Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatida aholi orasida 14 ta yangi holat tasdiqlandi.

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 5050 tadan oshib ketdi. So‘nggi soatlarda poytaxtda va Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatida aholi orasida yangi kasallanish holatlar aniqlandi.

“2020 yil 14-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5051 (+57) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus Markaziy Osiyoda: O‘zbekiston aniqlangan holat bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi

Yangi kasallanganlar 38 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari poytaxtda aholi orasida, 8 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari aholi orasida, 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan), 2 nafari Sirdaryo viloyatida ( 1 nafari aholi orasida, yana bir nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan.

Hozirga qadar mamlakatda 3910 nafar bemor (77 foiz) tuzalib ketgan. Hozirda 1122 nafar tibbiyot muassasalarida davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0