Putin ilk bor AQShdagi tartibsizliklarga munosabat bildirdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vistupil s obrasheniyem k grajdanam
Prezident RF V. Putin vistupil s obrasheniyem k grajdanam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, AQShdagi vaziyat chuqur ichki inqirozning namoyon bo‘lishidir.

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShda afroamerikalik Jorj Floydning politsiya xodimi aybi sabab vafot etganidan so‘ng boshlangan ommaviy norozilik namoyishlariga munosabat bildirdi. Jurnalist Pavel Zarubin Rossiya yetakchisining “Moskva. Kreml. Putin” ko‘rsatuvida bergan intervyusi parchasini Instagram sahifasiga joyladi.

“Men AQShda yoki boshqa mamlakatlarda sodir bo‘lgan voqealarga juda ehtiyotkorlik munosabat bildirishga yoki umuman munosabat bildirmaslikka harakat qilaman. U yerda sodir bo‘lgan voqealar – bu qandaydir chuqur ichki inqirozning namoyon bo‘lishi. Aslida, biz buni anchadan buyon kuzatmoqdamiz. Amaldagi prezidentning hokimiyat tepasiga kelgan vaqtdan buyon, u g‘alaba qozongandan buyon, demokratik usul bilan yaqqol ravishda g‘alaba qozondi. Yutqazgan tomon uning qonuniyligini shubha ostiga qo‘yish uchun har xil cho‘pchaklar o‘ylab topdi”, - dedi Putin.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Pavel Zarubin (@zarubinreporter)

Rossiya prezidenti uni Donald Trampning farmoyishiga ayrim shtatlar gubernatorlarining munosabati hayron qoldirganini qo‘shimcha qildi.

“Demokratiya nima degani? Bu xalq hokimiyati, bu to‘g‘ri. Lekin agar xalq oliy organlarni saylasa, xalq vakolati berilgan hukumatning oliy organlari ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini mamlakat aholisining aksariyat qismi manfaatlarini kafolatlaydigan tarzda yo‘lga qo‘yish huquqiga ega. U yerdachi? Prezident deyapti: “Buni mana bunday va shunday qilish kerak”, mahalliy gubernatorlar esa deydi: “Bor toshingni ter”, - deya ta’kidladi Putin.

Eslatib o‘tamiz, afroamerikalik Jorj Floyd may oyi oxirida Minneapolisda politsiya tomonidan qo‘lga olinish vaqtida ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng vafot etdi. Uning o‘limi nafaqat Qo‘shma Shtatlarda, balki boshqa mamlakatlarda xam norozilik namoyishlarini keltirib chiqardi. Amerikaning ko‘plab yirik shaharlarida namoyishlar tartibsizliklar va talon-tarojga aylanib ketdi. Ommaviy norozilik boshlangandan so‘ng Donald Tramp shtat gubernatorlaridan Milliy gvardiyani kiritishni talab qildi, ammo qator mintaqa rahbarlari buni ijro etishdan bosh tortdi.

Yangiliklar lentasi
0