Surxondaryoga koronavirus qaytdi: O‘zbekistonda aniqlangan holat 5000 taga yaqinlashmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDezinfitsiruyushiy tonnel pered vxodom na jeleznodorojniy vokzal v Tashkente
Dezinfitsiruyushiy tonnel pered vxodom na jeleznodorojniy vokzal v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusdan xoli hudud bo‘lgan Surxondaryoda aholi orasida 9 ta yangi holat aniqlandi. Respublika bo‘ylab jami 1101 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus holati 28 taga ko‘paydi. Koronavirusdan xoli hudud bo‘lgan Surxondaryoda aholi orasida 9 ta yangi holat aniqlandi.

“2020 yil 14-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4994 (+28) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 13-iyun asosiy xabarlari

Yangi kasallanganlarning 7 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan), 9 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 2 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Hozirda 3874 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foiz) sog‘aygan.

Mamlakat bo‘ylab 1101 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0