O‘zbekiston xalqaro parvozlarni tiklamoqda: kimlarga mamlakatdan chiqishga ruxsat berildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishPassajirka v aeroportu
Passajirka v aeroportu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning 15-iyunidan ayrim toifadagi shaxslarga aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga kirish va chiqishga ruxsat berilmoqda.

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan o‘qish va mehnat faoliyatini davom ettirish uchun fuqarolarga O‘zbekistondan chiqishga ruxsat berildi. Bunda aviaqatnovlar sanitariya qoidalari va normalariga qat’iy amal qilgan holda tashkil etiladi.

Joriy yilning 15-iyunidan quyidagi toifadagi shaxslarga aviaqatnovlar orqali sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan davlatlarga:

O‘zbekiston Respublikasiga kirish va chiqishga ruxsat berildi:

  • xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari hamda ularning oila a’zolari;
  • investitsiya loyihalari doirasidagi O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniya va boshqa tashkilotlar mutaxassislari;
  • davolanish uchun kelayotgan (chiqayotgan) shaxslar;
  • xorijda yaqin qarindoshlari yoxud og‘ir kasal bo‘lgan qarindosh-urug‘lari mavjud bo‘lgan shaxslar;
  • xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari so‘rovlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi orqali boshqa davlatlarga olib o‘tilayotgan (tranzit harakatlanayotgan) shaxslar;
  • O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy davlat fuqarolari, doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston  fuqarolari;
Yangiliklar lentasi
0