Ekspert koronavirusdan tuzalganlardagi titroqni tushuntirdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishUsilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom
Usilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq MDU katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Zuxra Pavlova koronavirusni boshdan kechirganlarning ko‘pchiligi titroqdan shikoyat qilishini ma’lum qilgan edi.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Koronavirusdan tuzalib ketganlarda titroq kuzatilishi o‘pka vazifalarining qayta tiklanishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda RIA Novostiga Rospotrebnadzor Markaziy ilmiy-tadqiqot epidemiologiya instituti klinik tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori Tatyana Rujensova ma’lum qildi.

Avvalroq MDU katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Zuxra Pavlova koronavirusni boshdan kechirganlarning ko‘pchiligi titroqdan shikoyat qilishini ma’lum qilgan edi.  Ushbu holatda markaziy asab tizimi buzilishi haqida gapirish mumkin, shu bois termoregulyatsiya markazi aziyat chekadi, deya tushuntirgan edi ekspert.

Sotrudnik na proizvodstve molochnix produktov  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada koronavirusga qarshi yogurt shaklida vaksina yaratilmoqda

“Bunaqasi bo‘ladi, Rossiya Federatsiyasida ham kuzatilmoqda, zero koronavirus infeksiyasi jarayoni agressiv, o‘pka to‘qimalarining zararlanishi yetarlicha namoyon bo‘ladi. Tiklanish davri ketayotganda, ayniqsa, yaqqol zararlanishlar yo‘qolayotgan vaqtda, albatta, buning ortidan reaksiyalar namoyon bo‘lishi mumkin, titroq ulardan biridir”, - dedi Rujensova.

U nazariy jihatdan titroq markaziy asab tizimining zararlanishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkinligini tushuntirdi. Lekin bu sabab o‘pkaning tiklanishidan ko‘ra kamroq ehtimolga ega.

Titroq paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qilish lozim, chunki organizmda qanday jarayon ketayotganini aniqlash uchun takroran kompyuter tomografiyasi kerak bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0