TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. AOKA huzuridagi shtabda sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing oʻtkazildi.
Unda mutaxassisdan nega avtobuslarga ruxsat berilgani, metroga esa berilmagani soʻraldi.
“Metrolardagi havoni doimiy yangilab turuvchi umumiy ventilyatsiya tizimi koronavirus infektsiyasi tarqalish xavfini oshiradi. Shu sababli metroga hozircha ruxsat yoʻq!”, - dedi Otabekov.
Avvalroq u markazlashgan umumiy konditsionerlar orqali virus havo orqali yuqishi mumkin degan fikrni bildirgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 8 iyundan boshlab “sariq” va “yashil” hududlarda, jumladan, Toshkent shahrida avtobuslar ishini qayta boshlagan edi.