O‘zbekistonda koronavirus: 15-iyun asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishStansiya skoroy pomoshi
Stansiya skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugunning o‘zida 76 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 4 019 nafarga yetdi.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda aholi orasida koronavirus aniqlanishi davom etmoqda

Bir sutka davomida 74 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5154 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari - karantin markazidagi fuqarolar orasida, 28 nafari - Toshkentda (shundan 12 nafari aholi orasidan va 16 nafari bemor bilan muloqotdagilar), 7 nafari - Buxoro viloyatida (barchasi muloqot orqali yuqtirgan), 10 nafari - Xorozm viloyatida (shundan 1 nafari aholi orasidan, qolgan 9 nafari bemor bilan muloqotdagi fuqarolar orasida) qayd etilgan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 76 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni  4019 nafar.

Ayni paytda 1137 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Hududlar ro‘yxati yangilandi

“Qizil”, “sariq” va “yashil” hududlar ro‘yxati yana yangilandi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tuman va shaharlarning epidemiologik toifalarining ro‘yxatini yangiladi. Bunda 13-iyun holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kiritilgan takliflar, koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlarning sog‘ayish ko‘rsatkichi hamda o‘sha hududdagi bugungi epidemik vaziyatni e’tiborga olingan.

Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus Markaziy Osiyoda: O‘zbekiston aniqlangan holat bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi

Hududlarning to‘liq ro‘yxati.

Test sinovlari

Bu yilgi test sinovlarini 1-avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda bugun o‘tkazilgan brifingda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev ma’lum qildi.

“Dastlab 5-avgustdan boshlamoqchi edik, lekin keyinchalik bor imkoniyatlarimizni ishga solib, testlarni 1-avgustdan boshlashga qaror qildik”, - dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatiga yetib bordi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 7,6 milliondan oshdi, 428 ming kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0