Dunyoda

Rossiya Chexiyaning ikki diplomatini chiqarib yubormoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishMinisterstvo inostrannыx del Rossii
Ministerstvo inostrannыx del Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq Chexiya Rossiyaning ikki diplomatini persona non-grata deb eʼlon qilib, mamlakatdan chiqarib yuborgan edi. Moskva Praganing ushbu qaroriga munosib javob qaytarishini bildirgan edi.

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Rossiya Chexiya elchixonasining ikki xodimini persona non-grata deb eʼlon qildi. Ular Moskvani oila aʼzolari bilan birgalikda ikki kun ichida tark etishlari lozim. Bu haqda Rossiya TIV xabar qilmoqda.

Rossiyaning tomonidan qabul qilingan ushbu qaror Chexiyaning Rossiyadagi elchisi Vitezslav Pivonkaga maʼlum qilingan. U dushanba kuni TIVga chaqirtirilgan edi.

Qayd etilishicha, Chexiya diplomatlarining persona non-grata deb eʼlon qilinishi Praganing doʻstona boʻlmagan xatti-harakatlari va Chexiyadagi Rossiya elchixonasining ikki xodimi “bemaʼni va asossiz ayblovlardan” soʻng chiqarib yuborilganiga javob boʻlgan.

Pamyatnik marshalu Konevu v Prage - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Siyosiy janjal: Chexiya rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yubormoqda

Rossiya TIV bu 1961 yilgi Diplomatik aloqalar toʻgʻrisidagi Vena konventsiyasi va oʻzaro kelishuv tamoyiliga binoan amalga oshirilganini taʼkidlagan.

Zahar janjali

Aprel oyi oxirida Respekt nashri Pragaga Rossiya pasportiga ega allaqanday erkak kirib kelgani haqida xabar bergan edi. Jurnalistlar taʼkidiga koʻra, u oʻzi bilan uch nafar mahalliy siyosatchilarni zaharlash maqsadida ritsin ogʻusini olib kelgan. Bu siyosatchilar sovet marshali Ivan Konevning haykali olib tashlanishiga va Rossiya elchixonasi oldidagi maydonning Boris Nemtsov sharafiga qayta nomlanishiga aloqasi boʻlgan.

Sal vaqt oʻtib, chexiya OAVlari oʻsha erkakning ismini oshkor qilishadi — ular versiyasiga koʻra, u Rossotrudnichestvo vakolatxonasining rahbari vazifasini bajaruvchisi Andrey Konchakov boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala