Test sinovlarini 1-avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda

© FacebookVstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente
Vstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevning ma’lum qilishicha, bu yil kirish imtihonlarini 1-avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Bu yilgi test sinovlarini 1-avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev ma’lum qildi.

“Dastlab 5-avgustdan boshlamoqchi edik, lekin keyinchalik bor imkoniyatlarimizni ishga solib, testlarni 1-avgustdan boshlashga qaror qildik”, - dedi Musayev.

Studenti - Sputnik O‘zbekiston
Sport faoliyati bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati 3-yil etib belgilandi

Avvalroq xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 15-iyundan “Online-maktab” kanalida abituriyentlarga yordam sifatida “Onlayn-repetitor” loyihasi ishga tushirilganini ma’lum qilgan edi. Ushbu loyiha umrida birinchi bor OTMga kirish uchun imtihonga tayyorlanayotgan bitiruvchilarga va repetitorga borish imkoni yo‘qlarga katta yordam berishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda bu yil abituriyentlardan hujjatlar 20-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi. Ular hujjatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali topshirishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0