Hodisalar

Qibrayda uyida oʻq-dori yasagan 67 yoshli fuqaro aniqlandi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Fuqaroning xonadonidan, jumladan, 19 dona patron va 9 dona gilza musodara qilingan. Ekspertiza patronlar otish uchun yaroqli ekanini koʻrsatdi.

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Toshkent viloyatida uyida oʻq-dori yasagan va saqlab kelgan shaxs aniqlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

07 iyun kuni tezkor qidiruv tadbiri oʻtkazilgan. Unda Qibray tumani Tanovar koʻchasida yashovchi 67 yoshli Q.T. xonadonida yashirin ravishda 19  dona 12x76 kalibrli ichi toʻldirilgan butun patron, 9 dona 12x76 kalibrli gilza, ikki xil turdagi taxminan ogʻirligi 100 gr yonuvchi kukunlar (porox) va har xil turdagi taxminan vazni 1,5 kilogrammni tashkil qiluvchi drob saqlab kelayotgani aniqlangan. Shuningdek, oʻq-dori yasash uchun moʻljallangan 8 turdagi detal va moddalar musodara qilingan.

© Sledstvennыy departament pri MVD Respubliki UzbekistanBoyepripasы izʼyatыe v xode operativnыx meropriyatiy
Qibrayda uyida oʻq-dori yasagan 67 yoshli fuqaro aniqlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Boyepripasы izʼyatыe v xode operativnыx meropriyatiy

Sud ballistik ekspertiza xulosasi koʻra, fuqaro Q.T.ning uyidan olingan patronlar otish uchun yaroqli, gilzalar esa otish uchun yaroqsiz.

© Sledstvennыy departament pri MVD Respubliki UzbekistanBoyepripasы izʼyatыe v xode operativnыx meropriyatiy
Qibrayda uyida oʻq-dori yasagan 67 yoshli fuqaro aniqlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Boyepripasы izʼyatыe v xode operativnыx meropriyatiy

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (Qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish va saqlash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0