“O‘qishga yuboraman” deb aldadi: firibgar ta’lim muassasaga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Obuna bo‘lish
Asakada Koreya davlatiga o‘qishga yuborish bahonasi bilan fuqarolarning 20 300 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan muassasa faoliyatiga chek qo‘yildi.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Asakada Koreya davlatiga o‘qishga yuborish bahonasi bilan fuqarolarning 20 300 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan muassasa faoliyatiga chek qo‘yildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “S.” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari T.N. va boshqalar 2019-yil davomida bir necha fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Koreya davlatidagi oliygohlarga o‘qishga kiritib qo‘yish hamda viza olib berish evaziga 3 ta holatda 20 300 AQSh dollari va 8 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0