Dunyoda

AQSH “Vityaz” suv osti apparatining Mariana chuqurligiga shoʻngʻishini kuzatishga urindi

© Press-slujba Fonda perspektivnыx issledovaniy / Fotobankka oʻtishRossiyskiy podvodnыy bespilotnik "Vityaz-D" vpervыe dostig dna Marianskoy vpadinы
Rossiyskiy podvodnыy bespilotnik Vityaz-D vpervыe dostig dna Marianskoy vpadinы - Sputnik Oʻzbekiston
Amerika kreyseri va razvedka samolyotlari Rossiyaning “Vityaz” uchuvchisiz apparatining Mariana chuqurligiga shoʻngʻishini kuzatishga urinishdi.

TOSHKENT, 14 iyun - Sputnik. Amerika kreyseri va razvedka samolyotlari Rossiyaning “Vityaz” uchuvchisiz apparatining Mariana chuqurligiga shoʻngʻishini kuzatishga urinishdi, deb xabar berdi "Zvezda" kanaliga "Rubin" Dengiz texnikasi markaziy konstruktorlik byurosi va Istiqbolli tadqiqotlar jamgʻarmasi vakillari.

Neftyanыe tankerы u prichala - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Neft urushida AQSH Rossiyaga qanday yordam berdi?

Byuro bosh mutaxassisi Roman Sokolov taʼkidlagashicha, kreyser apparat pozitsiyada joylashishi boshlanganidan koʻp vaqt oʻtmay paydo boʻldi. Oʻz navbatida “Vityaz-D” loyihasi rahbari Sergey Lopsarning soʻzlariga koʻra, "Poseydon" samolyoti kuniga ikki marta uchuvchisiz apparat chuqurlikka tushurilgan  “Fotiy Krыlov” buksirini aylanib uchib oʻtardi.

Telekanal shoʻngʻish joyidan uzoq boʻlmagan joyda suratga olingan Amerika kreyseri va samolyotlari tasvirlarni namoyish qildi. Shu bilan birga, “Zvezda” taʼkidlashicha, AQSH suratga va videoga olishga biroz kechikdi.

“Ular paydo boʻlgan vaqtga kelib “Vityaz” allaqachon suvga tushirilib boʻlgan edi”, - deb maʼlum qildi telekanal.

May oyida Rossiyaning avtonom uchuvchisiz “Vityaz-D” suv osti apparati birinchi marta Mariana chuqurligi tubiga shoʻngʻidi va 10028 metr chuqurlikni qayd etdi. Istiqbolli tadqiqotlar fondida taʼkidlashganidek, “Vityaz” Jahon okeanining eng chuqur nuqtasiga yetib borgan bu turdagi birinchi qurilma boʻldi. Bu hududda ishlagan Yaponiyaning Kaiko va Amerikaning Nereus apparatlaridan farqli oʻlaroq, “Vityaz-D” sunʼiy intellekt elementlaridan foydalangan holda toʻliq avtonom ishlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala