Jamiyat

Bu yil imtiyozli abituriyentlar soni va toifasi koʻpaydi

© Sputnik / Pavel LisitsыnAbituriyent
Abituriyent - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi oʻquv yilida kirish imtihonlari osonlashtirilishi bilan bir qatorda, imtiyozli toifaga kiruvchi abituriyentlar soni va toifalari oshirildi.

TOSHKENT, 16 iyun - Sputnik. 2020-2021 oʻquv yilida yetti toifadagi abituriyentlar uchun alohida davlat grantlari ajratiladi, deb xabar qildi bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda.

V Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirus tufayli test savollari osonlashtirildi

Ushbu tofadagi abituriyentlar qatoriga nogironligi boʻlgan shaxslar, harbiy qoʻmondonlik tavsiyanomasi boʻlgan shaxslar, qurolli kuchlar va ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy kam taʼminlangan toifadagi xotin-qizlar va Soʻx tumani bitiruvchilari kiritildi. 

Behzod Musayev aytishiga qaraganda yangi oʻquv yilida imtiyozli shartlarda davlat granti asosida jami 8694ta oʻrin ajratilayotgan. Oʻtgan yili ushbu koʻrsatkich 5 mingga yaqin boʻlgan. Shuningdek 2020-2021 oʻquv yilida imtiyozli toifalar qatoriga 3ta yangi toifa kiritilgan.

OTMga kirishga imtiyoz berilgan abituriyentlar
Bu yil imtiyozli abituriyentlar soni va toifasi koʻpaydi - Sputnik Oʻzbekiston
OTMga kirishga imtiyoz berilgan abituriyentlar
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala