Dunyoda

Gʻalaba paradi: Xitoy harbiylari Moskvaga yangi Y-20 samolyotida uchib kelishdi

© AP Photo / Kin CheungSamolet VVS KNR Xian Y-20 na mejdunarodnoy aviatsionno-kosmicheskoy vыstavke v Chjuxaye
Samolet VVS KNR Xian Y-20 na mejdunarodnoy aviatsionno-kosmicheskoy vыstavke v Chjuxaye - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoyning Y-20 harbiy samolyoti ilk bor Rossiyaga uchib keldi. Xitoy harbiy samolyoti Gʻalaba paradida ishtirok etadi.

TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Xitoy harbiylari Gʻalaba paradida ishtirok etish uchun Moskvaga kelishdi.

Paradnыe raschetы vo vremya parada v Moskve  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Peskov: Oʻzbekiston prezidenti Moskvadagi Gʻalaba paradida ishtirok etishini tasdiqladi

Xitoy harbiy havo kuchlarining Y-20 harbiy samolyoti ilk bor Rossiyaga uchib keldi. Bu samolyot Gʻalaba paradida Qizil maydon oldidan uchib oʻtadi.

Samolyot 13 iyun kuni Sheremetyevo aeroportiga qoʻndi. Bort Rossiya Federatsiyasiga 105 kishilik faxriy qorovulni olib keldi.

Xitoy Mudofaa vazirligi taʼkidlashicha, bu rusumdagi samolyot ilk bor Xitoydan Moskvaga uchib keldi. Samolyot uzoq masofaga parvozlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega ekanligini koʻrsatdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala