Dunyoda

KXDR koreyslararo aloqa ofisini portlatib yubordi – video

© REUTERS / YONHAP NEWS AGENCYDыm nad promыshlennыm kompleksom v gorode Keson, KNDR
Dыm nad promыshlennыm kompleksom v gorode Keson, KNDR - Sputnik Oʻzbekiston
Rasmiy Shimoliy Xalq Demokratik Respublikasi chegaradagi aloqa binosini portlatib borganini tasdiqlagan.

TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. KXDR chegaradosh Keson shahridagi Shimoliy va Janubiy Koreya oʻrtasidagi aloqa binosini portlatib yubordi. Bu haqda “Ryonxap” agentligi xabar qilmoqda.

Avvalroq u yerda portlashlar eshitilib, tutunlar koʻringani xabar qilingan edi.

Keyinchalik Pxenyan ushbu xabarni tasdiqladi. “Oʻn oltinchi iyun kuni soat 14:50 daqiqada kuchli portlash bilan Shimol va Janubning qoʻshma aloqa ofisi achinarli  tarzda vayron boʻldi”, - deya xabar qildi Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi.

Keson Janubiy Koreya poytaxti Seuldan 50 km uzoqlikda joylashgan boʻlib, harbiy harakatlar boshlangudek boʻlsa, shimolliklar armiyasining janub boʻyicha eng asosiy yoʻnalishiga aylanadi deb taxmin qilinadi. 

Pxenyan 9 iyundan boshlab Seul bilan barcha mavjud aloqa kanallarini uzishini maʼlum qildi. Koreya mehnat partiyasi markaziy qoʻmitasi boʻlimi mudirining oʻrinbosari, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim YO Chjon Pxenyan yaqin vaqt ichida Janubiy Koreyaga nisbatan “navbatdagi qadam”ni qabul qilishini maʼlum qilgan edi. U Janubiy Koreya tomonidan tashviqot varaqalari joʻnatilishini qoralagan. Oʻz navbatida, Seul Pxenyanni koreyslararo kelishuvlarga rioya qilishga chaqirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala