Dunyoda

Moskvada politsiyachilarni kim oʻqqa tutgani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishDvux politseyskix ranili v xode strelbы na yugo-zapade Moskvы
Dvux politseyskix ranili v xode strelbы na yugo-zapade Moskvы - Sputnik Oʻzbekiston
Moskvada Ingushetiya fuqarosi politsiyachilarga qarata oʻq uzdi. Oqibatda ikki politsiya xodimi va uning oʻzi yaralandi.

TOSHKENT, 16 iyun - Sputnik. Kecha 15 iyun kuni Moskvadagi Leninskiy prospekt koʻchasida qurollangan fuqaro politsiyachilarga qarata oʻt ochgan edi va politsiyachilar oʻqidan oʻzi ham yaralangan edi. RIA Novosti xabariga asosan. 

"Bugun oʻq uzgan fuqaro ingushetiyalik ekani maʼlum boʻldi. U Nazranlik 1995 yilda tugʻilgan Ratmir Galayev ekan", deyilgan xabarida. 

Kecha, Leninskiy prospekt koʻchasida politsiya xodimlari yoʻl-qoidasini buzgan taksi haydovchisini toʻxtatishadi. Shu vaqt piyoda kelayotgan fuqaro ularga qarata toʻpponchadan oʻq uzadi. Bir politsiyachi ogʻir yarador boʻldi. Ikkinchisi jinoyatchiga qarata javoban oʻz uzadi va uni yarador qiladi. 

Ayni damda yaralangan politsiya chilar va jinoyatchi kasalxonaga yotqizilgan. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Poytaxt prokurori tomonidan vaziyat nazorat ostiga olingan. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala