Neft urushida AQSh Rossiyaga qanday yordam berdi?

© AP Photo / Burhan OzbiliciNeftanie tankeri u prichala
Neftanie tankeri u prichala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoda barcha neft ishlab chiqaruvchilar xaridorsiz qolgan vaqtda, AQSh Rossiyadan odatdagidan ikki baravar ko‘prok - 9 million barrel neft xarid qildi.

Nima uchun AQSh, hatto bozor haddan tashqari to‘lgan holatda ham, Rossiya neftisiz ishlay olmaydi, bu haqda RIA Novosti muxbiri Maksim Rubchenko materialida.

Rekord darajadagi harid

Marinetraffic va Vesselfinder navigatsiya portallarining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Rossiya nefti bilan to‘ldirilgan o‘nta tanker Amerika qirg‘oqlariga yaqinlashmoqda: sakkiztasi Ust-Lugadan va ikkitasi Novorossiyskdan.

Bloomberg Rossiyaning neft urushidagi asosiy kuzirini aytdi

Ularning barchasi Aframax sinfiga taalluqli bo‘lib, bortiga 900 ming barrelgacha oladi. Shunday qilib, oyning oxiriga kelib, AQSh bizning Urals navimizning to‘qqiz million barreligacha oladi - bu to‘qqiz yil ichidagi rekorddir.

Eslatib o‘tamiz, AQShning eng yirik neftni qayta ishlash zavodlari G‘arbiy Texas va slanes konlarida ishlab chiqariladigan yengil neftda ishlay olmaydi. Ushbu korxonalar oltingugurtli navlarga mo‘ljallangan, shuning uchun yengil neftni ilgari Venesuelada sotib olingan og‘ir neft bilan aralashtirish kerak.

Ammo o‘tgan yilning yanvar oyida Donald Tramp Karakasga qarshi sanksiyalarni joriy etdi. Natijada, Venesuela neftining eksporti 32 foizga, kuniga 1,001 million barrelgacha qisqardi. Bu hajmning katta qismini Xitoy sotib oladi, Meksika ko‘rfazi va Sharqiy sohildagi neftni qayta ishlash zavodlari oldida esa to‘xtash istiqbollari paydo bo‘ldi.

Neftanie stanki-kachalki - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni va Rossiya neft ekspertlarini qattiq xafa qildi

Falokatning oldini olish uchun amerikaliklar e’tiborini bizning Urals-ga qaratdi. O‘tgan yilning kuzida, Rossiya AQShga energiya manbalarini eksport qilish bo‘yicha Meksika va Saudiya Arabistonini ortda qoldirib, Kanadadan keyin ikkinchi bo‘ldi.

Kutilmagan joydan

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, AQSh aprel oyida Urals  narxlari 12 dollargacha tushganida, haridlarni keskin oshirish uchun neft narxlarining pasayishidan foydalandi. Biroq, Rossiya ham foydada qoldi.

Mart oyidagi OPEK+ yig‘ilishining muvaffaqiyatsizligidan so‘ng, Saudiya Arabistoni bozorlarni arzon neft bilan to‘ldirib “Moskvaning murosasizligi uchun jazolashga” qaror qildi. Ar-Riyod "maksimal ishlab chiqarish siyosati"ga o‘tdi: hukumat “Saudi Aramco”ga eksportni uchdan bir qismiga - kuniga 9,7 dan 12,3 mln barrelgacha oshirish topshirig‘ini berdi.

Bir vaqtning o‘zida saudiyaliklar Rossiyaning mavqeyiga putur yetkazish maqsadida, Yevropa bozoridagi narhlarni tushira boshladi: ular Brent navi joriy birja narxidan 10,25 dollarga arzonlashtirilgan xom ashyoni taklif qildi. Natijada, neft narxlari qulashidan tashqari, dunyodagi neft omborlari to‘lib ketdi.

Pastux na osle yedet mimo neftanogo mestorojdeniya v Sirii na granitse s Tursiyey - Sputnik O‘zbekiston
Bozorni birgalikda qutqaramiz: AQSh neft qazib olishni qisqartirmoqda

Mart oyining oxirida sotuvchilar, Yevropada hatto o‘ta past narxlarda ham Rossiya nefti uchun xaridor topa olishmadi. Rossiyada neft zaxiralarini to‘lib ketishi va quduqlarni to‘xtatish istiqbollari deyarli ro‘yobga chiqadiganga o‘hshab qoldi.

Saudiyaliklar tomonidan boshlangan narxlar urushining keskin davridan yengil o‘tib olishda neftchilarimizga amerikaliklar yordam berdi. Quduqlarni to‘xtatishga hojat qolmadi. Bundan tashqari, aprel oyining oxiriga kelib talabning o‘sishi tufayli, Urals jahon bozorida ko‘p yillar davomida birinchi marta Brent-ga qaraganda qimmatroq narxlarda sotildi.

Yaqqol g‘olib

Natijada Rossiya neft urushidan eng kam zararlar bilan chiqdi. Asosiysi, quduqlarning yopilishiga yo‘l qo‘yilmadi, binobarin AQShda esa, Baker Hughes ma’lumotiga ko‘ra, faol neft burg‘alash qurilmalari soni yil boshidan deyarli 70% ga qisqardi: 677 dan 206 gacha (5 iyun ma’lumotlari). Bu 2008-2009 yillardagi global inqirozdan keyingi eng past ko‘rsatkich.

Saudiyaliklarga kelsak, ular demping uchun katta zarar to‘lashlariga to‘g‘ri keldi. "Biz zamonaviy tarixda misli ko‘rilmagan jiddiy inqirozni boshdan kechirmoqdamiz, - dedi may oyida Qirollik moliya vaziri Muhammad al-Jadaan. - Neft bozorida yuzaga kelgan muammolar shunchalar daromadlarning qisqarishi va davlat mablag‘lariga shunday bosimning paydo bo‘lishiga olib keldi-ki, buni o‘rta va  uzoq muddatli istiqbolda maqroiqtisodiyotga zarar yetkazmasdan yengish qiyin".

Prezident SShA Donald Tramp i nasledniy prins Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, OPEK + AQSh - neft bozorida yangi kelishuv bo‘ladimi?

1 iyun kuni Saudiya moliya vazirligi davlat moliyasini salkam 30 milliard dollarlik optimallashtirish dasturini boshladi. Kambag‘allarga to‘lanadigan yashash minimum to‘lovi bekor qilindi, QQS uch baravar oshirildi - 5 foizdan 15 foizgacha.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, iyul oyida Rossiya neftiga talab o‘sishda davom etadi. Birinchidan, OPEK+ ishtirokchilari mavjud ishlab chiqarish cheklovlarini avgust oyigacha uzaytirdilar, bu aksariyat mamlakatlarda asosan og‘ir, ahamiyati kamroq neft navlari hisobiga ta’minlanadi.

Ikkinchidan, karantin bekor qilingani sari, dizel yoqilg‘isiga talab benzinga nisbatan tezroq o‘sadi. Og‘ir navlar esa aynan ko‘proq dizel yoqilg‘isini beradi.

Shu vaqtning o‘zida, Urals kotirovkalari shu haftada bir barrel uchun 42,4 dollardan oshdi va bu yil federal budjetda belgilangan darajaga yetdi. Ya’ni, Rossiya o‘zining asosiy raqobatchilaridan farqli o‘laroq, neft urushi sababli yo‘qotishlarini tiklab olmoqda.

Yangiliklar lentasi
0