Jamiyat

Olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislar yordam puli va uy-joy bilan taʼminlanadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil sovremennыy jiloy kompleks na massive "Korasuv" goroda Samarkanda
Shavkat Mirziyoyev posetil sovremennыy jiloy kompleks na massive Korasuv goroda Samarkanda - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarni ragʻbatlantirish, ular uchun boshlangʻich yordam puli va uy-joy ajratish tizimini joriy etish boʻyicha topshiriq berdi.

TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yigʻilishida bu yilgi bitiruvchilarni oʻqish va ishga jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, joriy yilda 451 mingdan ziyod yoshlar maktablarni va 188 ming nafari kollejlarni tamomladi. Bu yil qabul qamrovi kengaygani natijasida ularning 103 ming nafari oliy taʼlim muassasalariga va 90 mingtasi kollej-texnikumlarga oʻqishga kirganda ham, boshqalarining bandligini taʼminlash zarur. Shuningdek, 71 ming nafar talaba oliy oʻquv yurtlarini bitirdi.

Abituriyent - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bu yil imtiyozli abituriyentlar soni va toifasi koʻpaydi

“Qaysi hokim bu masalada bosh qotirib, bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashdi? Yosh oʻgʻil-qizlarimiz ertaga qayerga va kimga ish soʻrab murojaat qiladi? Hududda ular uchun ish oʻrinlari zaxirasi shakllantirilganmi? – deya savollar qoʻydi Mirziyoyev.

Masalan, Surxondaryo viloyatida qariyb 2 ming nafar talaba pedagogika yoʻnalishlarini bitirmoqda. Ayni paytda Sariosiyo, Oltinsoy va Uzun tumanlaridagi qishloq maktablarida oʻqituvchilar yetishmaydi. Viloyat hokimi va sektor rahbarlari shu bitiruvchilar bilan uchrashib, ularni ishga yoʻnaltirishga yordam berishi kerakligi taʼkidlandi.

“Bosh vazir oʻrinbosarlariga olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarni ragʻbatlantirish, ular uchun boshlangʻich yordam puli va uy-joy ajratish tizimini joriy etish boʻyicha topshiriq berildi”, - deyilgan xabarda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda “Ishga marhamat” mono-markazlari tashkil etish, yoshlarni kasbga va tadbirkorlik asoslariga oʻrgatish maskanlari hamda mahalla guzarlarida oʻquv kurslari ochish vazifasi qoʻyildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala