Dunyoda

Pekinda topilgan virus Uxandagidan koʻra yuqumliroq - mutaxassis

© Sputnik / Anna Ratkoglo / Fotobankka oʻtishPovsednevnaya jizn v Pekine
Povsednevnaya jizn v Pekine - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoylik mutaxassislar aytishiga qaraganda Pekin bozorida topilgan virus tarqalishini oldini olishda issiq ob-havo va koronavirus bilan kurashda orttirilgan tajriba qoʻl kelmoqda.

TOSHKENT, 15 iyun - Sputnik. Uxan universiteti Tibbiyot boʻlimining Virusologiya instituti professori Yang Chjantsyu Pekinning ulgurji bozorida topilgan koronavirus Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida paydo boʻlgan virusga qaraganda yuqumliroq deb hisoblaydi.

"Mening oʻylashimcha, “Sinfadi” bozorida aniqlangan SARS-CoV-2 koronavirusi Uxandagi “Xuanan” bozoridagi virusga qaraganda ancha yuqumliroq", - dedi Yang Chjantsyu “Xuantsyu Shibao” gazetasiga bergan intervyusida.

U ikkala holatda ham kasallanganlar sonini taqqoslab, Pekindagi vaziyat Uxan koʻrsatkichiga deyarli yaqinlashmoqda degan xulosaga keldi.

U shuningdek, Uxandagi epidemiya qishda sodir boʻlganini, Xitoy poytaxtida oʻrnatilgan yoz harorati esa kasallik tarqalishiga toʻsqinlik qilayotganini taʼkidladi.

Rыnok v Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Pekin bozorida COVID-19 aniqlangani uchun harbiy holat eʼlon qilindi

Uning taʼkidlashicha, Pekindagi joriy holat va Uxandagi voqealar oʻrtasidagi farq shundan iboratki, Xitoy anchagina katta tajriba toʻplab, virusdan himoya qilishning samarali usullarini yaratdi.

Ammo yangi virus avjlanishlari va shtammlarining paydo boʻlishi vaktsinalarni tadqiq etish va ishlab chiqishni qiyinlashtirmokda, deydi xitoylik professor.

Fentay tumanidagi “Sinfadi” yirik ulgurji bozori shanba kuni epidemiologik tekshiruvdan soʻng import qilingan losos uchun kesish taxtasida koronavirus aniqlanganidan keyin vaqtincha yopildi. Pekin hukumati vakillarining taʼkidlashicha, yakshanba kuni shaharda 76499 kishi koronavirus uchun tekshirilgan, 59 ta tahlil ijobiy chiqqan. Hammasi boʻlib, hozirgi vaqtda shahar kasalxonalarida COVID-19 bilan 79 kishi joylashtirilgan, ulardan biri oʻta ogʻir, ikkitasi ogʻir ahvolda.

Sputnik radiosi avvalroq Pekinda COVID bilan kasallanishning yangi holatlari tufayli harbiy holat joriy etilganini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala