Dunyoda

Prokuror Batukayev ishi boʻyicha Atambayevga 15 yil qamoq soʻradi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishPrezident Kыrgыzskoy Respubliki Almazbek Atambayev
Prezident Kыrgыzskoy Respubliki Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻizistonning sobiq prezidenti sudda ishtirok etmagan, chunki uni sudya sud majlisidan chiqarib yuborgan edi.

TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Davlat ayblovchisi jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi boʻyicha Qirgʻistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga 15 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni soʻradi.

Sputnik Qirgʻiziston nashrining yozishicha, ushbu maʼlumotni Bishkek shahar Birinchi may tuman sudi tasdiqlagan. Sud majlisi bugun boʻlib oʻtgan.

Shuningdek, prokuror Atambayevning mol-mulkini musodara qilish, uni davlat mukofotlari va unvonlaridan mahrum qilishni soʻragan.  

Ish vaqti yakunlangani bois sud muhokamasi 18 iyunga qoldirilgan.

Bыvshiy prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Almazbek Atambayevning sud majlisida mazasi qochdi

Avvalroq sudya Almazbek Atambayevni sud majlisi tartibini buzganligi uchun zaldan chiqarib yuborgan edi. Bunga qadar siyosatchi majlisda ishtirok etishdan bosh tortib, bir necha marta turib ketib qolgandi.

Batukayev ishi

Aziz Batukayev 2006 yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006 yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirgʻiziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini oʻldirishda ayblangan. Aziz Batukayev 2013 yil 9 aprelda “ogʻir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirgʻiziston hududini tark etgan.

Qirgʻiziston IIV maʼlumotiga koʻra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini oʻtamoqda.

“Jinoiy avtoritet”ga nisbatan jinoiy ishni qayta qoʻzgʻatilganini 17 aprel kuni Qirgʻiziston bosh prokurori Otkurbek Jamshitov maʼlum qildi.

Almazbek Atambayevga mazkur jinoyat ishi yuzasidan soʻroqqa kelish toʻgʻrisida uch marta chaqiruv qogʻozi yuborilgan edi. Qirgʻiziston IIV taʼkidiga koʻra, aynan Atambayev Aziz Batukayevni ozod qilish toʻgʻrisida farmon bergan. Sobiq prezidentning soʻroq kelishdan bosh tortishi, uni kuch bilan qoʻlga olish maxsus amaliyot bilan yakunlandi. Unda bir harbiy xizmatchi qurbon boʻldi. Mazkur hodisalar yuzasidan ham jinoiy ish ochilgan va Atambayev ayblanuvchi sifatida jalb qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala