Dunyoda

Rossiya ham avtomobillarni gazga oʻtkazmoqchi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishGazovыe ballonы
Gazovыe ballonы - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya hukumati va "Gazprom" fuqarolar avtomobillarini gazga oʻtkazish uchun xarajatlarning 90 %gacha qoplashga tayyor.

TOSHKENT, 16 iyun – Sputnik. Rossiya hukumati fuqarolar va kichik biznes avtomobillarini gaz yonilgʻisiga oʻtkazishda yordam beradi. Bu haqida Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak oʻzining hukumatga yozgan xatida xabar qilgan.

Vazir aytishiga qaraganda ushbu chora transport xarajatlarini 60-65 %ga kamaytirish va 4-5 milliard iqtisod qilish imkonini beradi. Bu iqtisodiy qiyin sharoitda fuqarolar va kichik biznes hamda oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar juda uchun qoʻl kelishi mumkin.

“Benzin va dizel yonilgʻisining bugungi narxlarida byudjetdan sarflangan 0,7 mlrd rubl, uch yil ichida fuqarolar va kichik biznesga 4 – 5 mlrd. Rubl iqtisod qilish imkonini beradi”, - deydi eneregetika vaziri.  

Ushbu maqsadda Aleksandr Novak vitse-premyer Yuriy Borisovga transportini benzindan gazga oʻtkazishda, uskunalarning 30-60%ni davlat hisobidan qoplashni taklif qildi. Shuningdek uskunalarning 30%ini suyultirilgan gaz sotishdan manfaatdor boʻlgan “Gazprom” ajratadi. Shunday qilib, avtomobil egalari gaz uskunalarning faqat 10%ini toʻlashi kerak boʻladi.

Rossiya hukumati 2020 - 2024 yillarda gazomotor sohasini rivojlantirish uchun 50 mlrd. Rubl sarflashni rejalashtirgan. Har yili gaz yonilgʻisi quyish stantsiyalar tarmogʻini rivojlantirish uchun 3,5 mlrd., avtomobillarni qayta jihozlash uchun – 700 mln. soʻm yoʻnaltiriladi. Birinchi bosqichda 27ta hududda ushbu soha rivojlantiriladi.

Statistk maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Rossiyada 1km masofa uchun bezninda – 3 rubl, gazda – 1 rubl sarflanmoqda.

Rossiyada 2020 yilning mart oyida 484ta gaz zapravkasi mavjud boʻlgan. Ulardan 329tasi “Gazprom”ga tegishli boʻlgan. 2019 yilda Gazporm stantsiyalarida talab 30%ga oshgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala