Rossiya ham avtomobillarni gazga o‘tkazmoqchi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishGazovie balloni
Gazovie balloni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya hukumati va "Gazprom" fuqarolar avtomobillarini gazga o‘tkazish uchun xarajatlarning 90 %gacha qoplashga tayyor.

TOShKENT, 16-iyun – Sputnik. Rossiya hukumati fuqarolar va kichik biznes avtomobillarini gaz yonilg‘isiga o‘tkazishda yordam beradi. Bu haqida Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak o‘zining hukumatga yozgan xatida xabar qilgan.

Vazir aytishiga qaraganda ushbu chora transport xarajatlarini 60-65 %ga kamaytirish va 4-5 milliard iqtisod qilish imkonini beradi. Bu iqtisodiy qiyin sharoitda fuqarolar va kichik biznes hamda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar juda uchun qo‘l kelishi mumkin.

“Benzin va dizel yonilg‘isining bugungi narxlarida budjetdan sarflangan 0,7 mlrd rubl, uch yil ichida fuqarolar va kichik biznesga 4 – 5 mlrd. Rubl iqtisod qilish imkonini beradi”, - deydi eneregetika vaziri.  

Ushbu maqsadda Aleksandr Novak vitse-premyer Yuriy Borisovga transportini benzindan gazga o‘tkazishda, uskunalarning 30-60%ni davlat hisobidan qoplashni taklif qildi. Shuningdek uskunalarning 30%ini suyultirilgan gaz sotishdan manfaatdor bo‘lgan “Gazprom” ajratadi. Shunday qilib, avtomobil egalari gaz uskunalarning faqat 10%ini to‘lashi kerak bo‘ladi.

Rossiya hukumati 2020 - 2024-yillarda gazomotor sohasini rivojlantirish uchun 50 mlrd. Rubl sarflashni rejalashtirgan. Har yili gaz yonilg‘isi quyish stansiyalar tarmog‘ini rivojlantirish uchun 3,5 mlrd., avtomobillarni qayta jihozlash uchun – 700 mln. so‘m yo‘naltiriladi. Birinchi bosqichda 27ta hududda ushbu soha rivojlantiriladi.

Statistk ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Rossiyada 1km masofa uchun bezninda – 3 rubl, gazda – 1 rubl sarflanmoqda.

Rossiyada 2020-yilning mart oyida 484ta gaz zapravkasi mavjud bo‘lgan. Ulardan 329tasi “Gazprom”ga tegishli bo‘lgan. 2019-yilda Gazporm stansiyalarida talab 30%ga oshgan.

Yangiliklar lentasi
0