Dunyoda

Antitorpeda 22350 - Rossiya fregatlarining noyob himoya tizimi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishRepetitsiya parada ko Dnyu VMF v gorodax Rossii
Repetitsiya parada ko Dnyu VMF v gorodax Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya harbiy kemalarning suv osti himoya tizimining dunyoda muqobili yoʻq: kema antitorpedosi suv ostida soatiga 50 km tezlikda harakatlanib, raqib torpedosi yaqinida brizant-fugas portlovchi qismini ishga tushiriadi.

Rossiyada kemasozlik sanoati tiklanmoqda. NATO blokining jonlanishi bunga koʻmaklashmoqda. Dunyo okeanida mamlakat manfaatlarini himoya qilish uchun 22350 loyihasining uzoq dengiz hududida faoliyat yurituvchi raketa kemalari qurilmoqda.

Ular keng koʻlamli vazifalarni bajarish va navigatsiya doirasini chegaralarisiz jangovar amaliyotlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan.

Peredacha pervыx arkticheskix ZRK «Tor-M2DT» na voorujeniye Severnogo flota - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Samaradorligini amalda isbotladi. Harbiy ekspert Tor-M2 versiyalari haqida

22350 loyihasining birinchi "Flot admirali Kasaton" seriyali fregati Shimoliy va Boltiq flotida sinovlarni muvaffaqiyatli yakunladi va 2020 yil iyul oyi boshida Rossiya harbiy-dengiz floti tarkibiga kiritiladi. Ushbu loyihaning bir qator koʻrinmas raketa kemalari turkumining paydo boʻlishi flotning imkoniyatlarining sifatli jadal qadamini anglatadi.

Frigat oʻn oltita “Oniks” yoki “Kalibr-NK” qanotli raketalari bilan qurollangan boʻlib, ular dushman kemalari boʻyicha va qirgʻoq hududlarida teng ravishda ishlay oladi. Kema bortida, shuningdek, “Redut” zenit-raketa majmuasi, 130 mmlik A-192 artilleriya qurilmasi, “Paket-NK” suv osti kemalariga qarshi hujum tizimi va Ka-27 kemalarga qarshi vertolyoti mavjud. Korpus sezilishni kamaytirish texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan va potentsial dushmanga radiolokatsion tizim (RLS) yordamida kemani aniqlash imkoni qiyin boʻladi.

"Admiral Kasatonov" uzoq dengiz hududida ishlovchi zamonaviy kuchli fregati suv usti va suv osti kemalarini qidirish va yoʻq qilish, kemalarning havo mudofaasi, raketa va kemalargi qarshi mudofaasini taʼminlash, dengiz desanti bilan qoʻshma harakatlarda ishtiroq etish, fuqarolik kemalari va ishlab chiqarish inshootlarini himoya qilish uchun moʻljallangan.

Kemaning suv hajmi 5 ming tonna, uzunligi 135 metr, kengligi 16 metr. Umumiy quvvati 65 ming ot kuchi boʻlgan dvigatel 30 uzelgacha tezlikni taʼminlaydi. Safar masofasi - 4500 mil, avtonomligi - 30 kun, ekipaj - 170 kishi.

Voyennыe ucheniya v Kaliningradskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada harbiy texnikani dushman koʻzidan qor ostiga yashiruvchi material yaratildi

Ushbu loyihaning yetakchi fregati "Sovet Ittifoqi floti admirali Gorshkov" 2018 yilda Shimoliy flot kemalarining 43-raketa diviziyasining tarkibiga kirdi va oʻzini okean yurishlarida aʼlo darajada koʻrsatishga muvaffaq boʻldi. U dunyo boʻylab (2019 yil 26 fevraldan - 19 avgustgacha), Suets va Panama kanallari orqali 35 ming dengiz milini bosib oʻtdi.

Iyun oyining oxirida "Severnaya Verf" kemasozlik zavodida 22350 loyihasining yana ikkita fregati ishlab chiqarilishi boshlanishi kutilmoqda. Bu turkumdagi ikkinchi “Admiral Golovko” fregati ishlab chiqarilishi davom etmoqda (mayda suvga tushirilgan). Loyiha “Sovet Ittifoqi floti admirali Isakov”, “Admiral Amelko” va “Admiral Chichagov” kemalari bilan davom etmoqda.

Noyob qurollar

Davlat sinovlari davomida “Admiral Kasatonov”ning barcha loyihaviy xususiyatlari tekshirildi: kema mexanizmlari ishlashi, RLS va radioelektron kurash tizimlari ishlashi, bortdagi qurollarning barcha majmui ishlashi, yadroviy mudofaa uskunalari, shuningdek suv osti kemalari va aviatsiya bilan oʻzaro hamjihatlik algoritmlari ishlashi. Bosqichlarning birida, 3 iyun kuni soʻnggi fregatga torpedo bilan hujum uyushtirildi va “Admiral Kasatonov” ekipajining himoyasi uchun “Paket-NK” majmuasi antitorpedasi muvaffaqiyatli ishlatildi.

Protivolodochnыy samolet Il-38N - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya Il-38 samolyoti AQSH harbiy kemasi oldidan uchib oʻtdi - video

Havo mudofaa tizimiga oʻxshash kemalarning suv osti himoya qilish tizimining dunyoda analogi yoʻq. “Paket-NK” majmuasining antitorpedosi suv ostida soatiga 50 km tezlikda harakatlanadi. Nishonni aniq urishini inertsial tizim va antitorpedoni oʻz-oʻzini akustik aktiv-passiv nishonni kuzatish tizimi tomonidan taʼminlanadi. 80 kg ogʻirlikdagi brizant-fugas jangovar qism kontaktsiz portillatuvchi bilan jihozlangan va potentsial dushmanning torpedalarini har qanday chuqurlikda samarali urishga qodir.

“Paket-NK” suv osti kemalariga qarshi majmuasi suv osti kemalari va torpedalarni kemaning (yoki suv osti kemasining) yaqin zonasida  yoʻq qilish uchun moʻljallangan boʻlib, boshqaruv tizimi, nishonga olishning maxsus gidroakustik tizimi, kichik oʻlchamli torpedalarning suv osti kemasiga qarshi va antitorpeda variantlari va ishga tushirish qurilmalardan iborat.

"Paket" mustaqil ravishda yoki suv osti kemalariga qarshi mudofaasining va torpedaga qarshi kemalar zanjiri tarkibida gidroakustik majmualar va stantsiyalar maʼlumotlari asosida avtomatik tarzda nishonni aniqlashga qodir. Kemaga hujumni amalga oshiruvchi torpedolarni mustaqil aniqlash, tasniflash va harakat parametrlarini aniqlash mudofaaning ikki tomonlama mustahkamligini taʼminlaydi.

 Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v prazdnovanii Dnya VMF RF v Sankt-Peterburge - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Sankt-Peterburg markazidan 40ta harbiy kema saf tortib oʻtdi – video

Modulli tipdagi ishga tushirish moslamasi bajarilishi kerak boʻlgan vazifalarga qarab, turli xil kombinatsiyalarda - kichik oʻlchamli termal torpedalar va antitorpedalarni ishlatish imkonini beradi. “Paket-NK” majmuasining konstruktsiyasida tajovuzkor muhitda uzoq muddatlarda foydalanish va ularning oldindan aytib boʻlmaydigan gidrologik sharoitlarda foydalanish xususiyatlari hisobga olingan.

Suv osti kemalariga qarshi mudofaasi kuchaytirib, noyob kompleks kemaning jangovar barqarorligini sezilarli darajada oshiradi. Va bu mutlaqo yangi qurol tizimi 22350 loyihasining fregati “Admiral Kasatonov”ning "portretiga" chizgilarning biridir.

Sharafli ishlarning boshida

Andrey bayrogʻi koʻtarilishiga sanoqli kunlar qoldi, keyin esa kuchli va hashamatli kemani oʻnlab yillar shiddatli xizmat kutmoqda. "Admiral Kasatonov" ning taqdiri omadli qurilmoqda. Fregat deyarli tez qurildi va “yuragi” -  Rossiyaning Rыbinskdagi NPO “Saturn”da ishlab chiqarilgan M-55P dizel-gazturbinali dvigateli (bu Rossiya harbiy-sanoat kompleksi va Ukraina ishlab chiqaruvchilari oʻrtasidagi aloqalarning buzilishidan keyin juda muhimdir). Kemani suvga tushirish marosimi 2014 yil 12 dekabrda - Vladimir Afanasyevich Kasatonovning oʻgʻli va huddi shunday admiral Igor Kasatonov ishtirokida boʻlib oʻtdi, bunday omad hamma kemaga ham nasib qilmaydi.

Rossiya Su 27 qiruvchilari AQSH V 52H bombardimonchisini toʻxtatib qolishdi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Rossiya Su-27 qiruvchilari AQSH bombardimonchisini toʻxtatib qolishdi

Taqqoslash uchun, 22350 loyihasining uzoq dengiz hududida ish yurituvchi yetakchi fregatning qurilishi SSSR parchalanganidan keyin «texnologik tanaffus» tufayli murakkablashdi. 2010 yilda suvga tushirilgan "Sovet Ittifoqi flotining admirali Gorshkov" 21 asrda Rossiya kemasozlik zavodlarida ishlab chiqarilgan birinchi yirik (aslida birinchi darajali) suv usti jangovar kemasi  boʻldi.

Dastlab, Rossiya Mudofaa vazirligi 20 ta (har bir flot uchun beshtadan) kemani qurishni rejalashtirgan edi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, 22350 loyihasi fregati tannarxi tahminan 400 million dollarga teng. Soʻngi qurollar ishlab chiqilganligini hisobga olgan holda, narxi 500 million dollargacha koʻtarilishi mumkin. Ancha qimmat, lekin xavfsizlik va suverenitet bahosi shundaydir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala