Jamiyat

Koreyada noqonuniy yurgan fuqarolar tufayli Oʻzbekiston kvotasi qisqartirilishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishZarubejnыe stranы: Yujnaya Koreya
Zarubejnыe stranы: Yujnaya Koreya - Sputnik Oʻzbekiston
Koreyada noqonuniy maqomda boʻlish - Oʻzbekistonga berilayotgan ishchilar soni kvotasini qisqartirilishiga olib kelishi mumkin.

TOSHKENT, 17 iyun - Sputnik. Koreya Respublikasida noqonuniy faoliyat olib borayotgan fuqarolar tufayli Oʻzbekistonga ishchi oʻrinlar berish kvotasi qisqartirilishi mumkin. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda. 

"Koreya Respublikasida noqonuniy yurgan oʻzbekistonliklar soni Oʻzbekistonga beriladigan ish oʻrinlari kvotasiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Yaʼni, nolegal fuqarolar soni qanchalik kam boʻlsa, ajratiladigan ish oʻrinlari kvotasi shunchalik koʻpayadi", - deyilgan agentlik xabarida. 

Xabarda aytilishiga koʻra, bugungi kunda Koreyada vaqtincha ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan imzolangan shartnomalaga amal qilmaslik, mezbon davlat qonunlarini buzish kabi holatlar hatto deportatsiyaga ham olib kelmoqda.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston fuqarosi  va Koreyadagi ish beruvchi oʻrtasida odatda 3 yillik mehnat shartnomasi tuziladi. Shartnoma doirasida fuqaroning qator majburiyatlari mavjud: ish joyini ruxsatisiz tashlab ketmaslik, ish joyini sababsiz oʻzgartirmaslik, Koreya hududida noqonuniy maqomda boʻlmaslik, mehnat shartnomasi muddati tugagach 10 ish kuni ichida Oʻzbekistonga qaytish va bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasini xabardor qilish. Ushbu  shartlar bajarilmagan taqdirda fuqaroga nisbatan belgilangan jarimalar qoʻllanilishi mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala