O‘zbekistonda koronavirus: 17-iyun asosiy xabarlari

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishTestirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve
Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugunning o‘zida 35 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 4 131 nafarga yetdi.

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Zarubejnie strani: Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Koreyada noqonuniy yurgan fuqarolar tufayli O‘zbekiston kvotasi qisqartirilishi mumkin

Bir sutka davomida 145 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5638 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 73 nafari - karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari — Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari bemor bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 3 nafari aholi orasida) qayd etilgan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 35 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni  4131 nafar.

Ayni paytda 1507 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

“Malika” sotuvchida virus

Kuni kecha Toshkentda aholi orasida 14ta yangi holat tasdiqlandi, shuningdek, Buxoro viloyatida 3, Samarqand viloyatida 2, Namangan viloyatida 1 holat qayd etilgan.

Jumladan, Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi oilaning 3 nafar a’zosida (dam olish hududiga hordiq chiqarish uchun oilaviy borishgan, bir kun o‘tib, tana harorati ko‘tarilgach, tahlil topshirishdi), shu tumanda yashovchi yana 3 nafar fuqaroda: Uchtepa tumanidagi tikuvchilik sexi ishchisida, ishga joylashish uchun namuna toshirgan shaxsda hamda tana harorati ko‘tarilgani sababli poliklinikaga murojaat qilgan fuqaroda kasallik qayd etilgan.

Zdanie NII virusologii v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Milliarder Fattoh Shodiyev fondi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam ko‘rsatdi

Bundan tashqari, “Malika” savdo majmuasi sotuvchisida, Yunusobod tumanida yashovchi homilador ayolda, Sergeli tumanida yashovchi vaqtincha ishsiz fuqaro  va uning 4 nafar oila a’zosida, respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanish uchun namuna topshirgan fuqaroda infeksiya aniqlangan.

Shuningdek, Samarqand tumanida yashovchi nafaqadagi bemorda, Samarqand shahridagi 24-maktab farroshi, Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi haydovchida ham kasallik tasdiqlangan.

Bir yilga qoldirildi

Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli bir yilga kechiktirildi. Bunga yuzaga kelgan koronavirus pandemiyasi hamda Agentlik hamkori – Cambridge Assessment tashkiloti vakillarining mamlakatga karantin davrida tashrifini belgilangan sanalarda tashkil etish imkoni yo‘qligi sabab bo‘lgan.

Shodiyev fondi

Milliarder Fattoh Shodiyev fondi Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga tibbiyot jihozlari va shifokorlar uchun shaxsiy himoya vositalarini taqdim etdi.

Insonparvarlik yuki global pandemiya sharoitida O‘zbekiston aholisini qo‘llab-quvvatlashga oid fond loyihasi doirasida yetkazib berilgan.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning 188 ta davlatiga yetib bordi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 8,1 milliondan oshdi, 443 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQSh (2,1 mln), Braziliya (923 ming), Rossiya (553 ming).

Yangiliklar lentasi
0