Dunyoda

Rossiya SSV koronavirusga qarshi vaktsina sinovi tafsilotlarini ochiqladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishSotrudnik v laboratorii
Sotrudnik v laboratorii - Sputnik Oʻzbekiston
Kecha Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan COVID-19ga qarshi preparatning odamlarda sinovdan oʻtkazilishiga ruxsat berildi.

TOSHKENT, 17 iyun - Sputnik. Koronavirusga qarshi vaktsinaning klinik tadqiqotlari Moskva shahridagi ikkita tibbiy muassasada har biri 38 kishidan iborat ikkita koʻngillilar guruhida oʻtkaziladi. Bu haqda Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kuni kecha vazirlik Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan COVID-19ga qarshi preparatning odamlarda sinovdan oʻtkazilishiga ruxsat berdi. Ular bugundan boshlandi.

Sotrudnik na proizvodstve molochnыx produktov  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada koronavirusga qarshi yogurt shaklida vaktsina yaratilmoqda

Mutaxassislar vaktsinaning ikki shakli - suyuq va liofilizatsiyalanganini (quruq, suvsizlantirilgan - tahr.) organizmga taʼsirini oʻrganadilar.

“Mushak ichiga yuborish uchun eritma shaklida vaktsinani emlash Burdenko nomidagi harbiy gospitalda oʻtkaziladi”, - deyiladi xabarda. Kukun koʻrinishidagi esa Sechenov universitetida sinovdan oʻtkaziladi.

Taʼkidlanishicha, skrining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadqiqotning ehtimoliy ishtirokchilari ikki hafta davomida sanatoriyda observatsiyada boʻlishgan. Ularning qarori ixtiyoriydir, ularga muolaja, ehtimoliy foydasi, xavfi va noqulayliklari haqida maʼlumot berilgan.

Rossiya, Oʻzbekiston va dunyodagi COVID-19 bilan bogʻliq soʻnggi maʼlumotlar stopkoronavirus.rf va coronavirus.uz portallarida keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala