Jamiyat

Surxondaryoda hashamatli toʻy ommaviy karantin bilan tugadi

© Sputnik / Dmitriy MatveyevUgoщeniya na uzbekskoy svadbe
Ugoщeniya na uzbekskoy svadbe - Sputnik Oʻzbekiston
Surxondaryoda toʻydan soʻng 200dan ortiq fuqaro karantinga olindi. Undan tashqari Termiz, Denov, Shoʻrchi va Mizrobot, Qumqoʻrgʻon va Boysun tumanlarida karantin choralari qatʼiylashtirilmoqda.

TOSHKENT, 17 iyun - Sputnik. Surxondaryoda belgilangan ehtiyot choralariga amal qilinmagani tufayli 4000dan ortiq fuqaro karantinga olingan. Bu haqida viloyat hokimi Toʻra Bobolov mahalliy televideniye orqali chiqishida xabar qilgan.

Avtomobil skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Surxondaryoda aholi orasida koronavirus aniqlandi

Xususan, Muzrabot tumanida oʻtkazilgan toʻyda belgilangan karantin qoidalariga amal qilinmaganligi natijasida 250 dan ortiq fuqoro karantinga olindi.

Undan tashqari Toshkent shahrida xizmat safarida boʻlib qaytgan bemor xodim ishga chiqib, hamkasablariga koronavirus infektsiyasining yuqishiga sababchi boʻlgan.Korxonada shaxsiy himoya vositalarian foydalanilmagani, oʻzaro masofa saqlanmagani tufayli 300dan ortiq fuqaro karantinga olingan. 

Shu tariqa hozirda viloyatda jami 4118 nafar fuqaro karantinga olingan. Ularning 298 nafari tibbiyot muassasalarida, 678 nafari sihatgoh va maxsus binolarda, 3142 nafari esa oʻz uylarida kuzatuvda boʻlib turibdi.

"Eng yomoni, bu kasallik aholi orasida aniqlanayapdi. Ular kasallikni aynan qayerda yuqtirganligini,  kasallik manbaini aniqlashimizning imkoni qiyin boʻlmayapti.<...> Koronavirus infektsiyasini birgalashib, karantin qoidalariga soʻzsiz amal qilgan holda harakat qilmasak hech qachon yenga olmaymiz. Termiz, Denov, Muzrabot, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon va Boysun tumanlarida ham karantin talablarini qatʼiylashtiramiz", - deydi Bolbolov. 

Epidemiya boshidan buyon Oʻzbekistonda jami 5 638 ta koronavirus holati aniqlangan. Ulardan 19 nafari vafot etgan, 4096 nafari tuzalib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala