Iqtisod

Yaponiya Oʻzbekistonga 4,5 mln dollarlik tibbiy asbob-uskuna yetkazib beradi

© Ministerstvo zdravooxraneniya UzbekistanaYaponskiye mobilnыe polikliniki nachnut rabotat v Uzbekistane
Yaponskiye mobilnыe polikliniki nachnut rabotat v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Yaponiya Oʻzbekistonga begʻaraz tibbiy asbob-uskunalar - raqamli rentgen apparati, kompyuter tomografi, innovatsion koʻchma diagnostika stantsiyasini yetkazib beradi.

TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligida Yaponiya hukumatining begʻaraz yordam dasturi doirasida yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berish loyihasi boʻyicha hujjatlar toʻplamini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Uni Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va Yaponiyaning mamlakatdagi elchisi Fujiyama Yoshinori imzoladi.

SSV matbuot xizmati xabariga koʻra, grantning umumiy miqdori 500 million iyen (taxminan 4,5 million AQSH dollari)ni tashkil qiladi.

Simulyatsionnыy tsentr Irkutskoy oblastnoy klinicheskoy bolnitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Kasalxonalar Yaponiya mablagʻi evaziga sunʼiy nafas oldirish qurilmalari bilan jihozlanadi

Ushbu mablagʻlarga ultratovush apparatidan tortib, raqamli rentgen apparati, kompyuter tomografi, mammograf kabi zamonaviy texnologiyalardan iborat innovatsion koʻchma diagnostika stantsiyasi (konteyner); PTSR laboratoriyasi, ultratovush apparati, raqamli rentgen apparati, mammografdan iborat yuzlab kasalliklarga qisqa fursat ichida aniq tashxis qoʻyish imkoniyatiga ega boʻlgan koʻchma laboratoriya (konteyner); shuningdek, yuqumli kasalliklar shifoxonalari uchun 3 ta kompyuter tomografi yetkazib beriladi. 

Taʼkidlanishicha, loyihaning maqsadi – COVID-19 pandemiyasi davrida Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimi moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlashdan iborat. Koʻplab yuqori texnologiyali uskunalarni oʻzida jam qilgan ushbu mobil poliklinikalarni mamlakatning istalgan hududiga yetkazish mumkin. Ayniqsa, yuqumli kasalliklar oʻchogʻi paydo boʻlgan taqdirda zamonaviy diagnostika va laboratoriya jihozlarining toʻliq toʻplamidan iborat konteyner mahalliy aholiga tez va sifatli tibbiy yordam koʻrsatish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala