Janubiy Koreya KXDRga urush boshlagan taqdirda intiqom bilan tahdid qildi

© AP Photo / Ahn Young-joonSoldat yujnokoreyskoy armii v demilitarizovannoy zone v Padju. 16-iyunya 2020
Soldat yujnokoreyskoy armii v demilitarizovannoy zone v Padju. 16-iyunya 2020 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreya harbiylari KXDRning Janub bilan har qanday kelishuvga rioya qilishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaroridan qattiq xavotirda.

TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. Janubiy Koreya harbiylari KXDRning Janub bilan har qanday kelishuvga rioya qilishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaroridan qattiq xavotirda va agar harbiy harakatlar boshlansa, Pxenyan “tegishli tovonni” to‘lashiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.

Janubiy Koreya Shtab boshliqlari qo‘shma qo‘mondonligi harbiy operatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Chong Dong Chjinning ta’kidlashicha, KXDRning harakatlari “20 yildan ortiq vaqt davomida koreyslararo munosabatlarni rivojlantirish va Koreya yarim orolida tinchlikni saqlash sohasida erishilgan barcha natijalar va sa’y-harakatlarni yo‘qqa chiqarmoqda”.

Shu bilan birga, Mudofaa vazirligi, Seul KXDRni kelushuvlarga rioya qilishga chaqirmoqda va o‘zi ham bunga amal qilishi haqida bayonot berdi.

Dim nad promishlennim kompleksom v gorode Keson, KNDR - Sputnik O‘zbekiston
KXDR koreyslararo aloqa ofisini portlatib yubordi – video

Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati ham, hukumat vujudga kelgan vaziyatni KXDR bilan 2018-yil 19-sentabrdagi harbiy kelishuvni va 2018-yil 27-apreldagi Pxanmuchjom deklaratsiyasini rad etishga sabab deb bilmasligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan Janubiy Koreya, agar KXDR va’da qilganidek, o‘z varaqalarini Janubiy Koreya hududida tarqatishni boshlasa ham, Shimolga tashviqot materiallari va varaqalarini yuborishni taqiqlashni davom ettiradi, chunki bu mavjud kelishuvlarga zid.

Avvalroq, chorshanba kuni Shimoliy Koreya Bosh shtabi harbiy kontingentni Kimgansan sayyohlik zonasi va Keson sanoat hududiga qaytarishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Bundan oldin Kesonda koreyalararo aloqa idorasi portlashi sodir bo‘ldi.

8 iyun kuni KXDR Markaziy telegraf agentligi (STAK) Janub bilan barcha aloqa liniyalari, shu jumladan harbiy kanallar va ikki mamlakatning yuqori rahbariyati o‘rtasidagi maxsus liniyani to‘liq uzilganini e’lon qildi. Bir necha kun oldin, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari va davlat rahbarining singlisi Kim Yo Chjon "yaqin kunlarda Shimol va Janubning befoyda qo‘shma aloqa idorasi butunlay vayron bo‘layotganining ayanchli tasvirni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi" dedi.

Seuldan salkam 50 kilometr masofada joylashgan Keson harbiy harakatlar paytida Shimoliy Koreya qo‘shinlarini janubga harakatlanishining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0