Dunyoda

AQSH uygʻurlar siyosati bilan bogʻliq Xitoy amaldorlariga qarshi sanktsiyalar kiritadi

© AFP 2018 / BRENDAN SMIALOWSKIVstrecha liderov SSHA i Kitaya Donalda Trampa i Si Tszinpinya v ramkax sammita G20 (29 iyunya 2019). Osaka
Vstrecha liderov SSHA i Kitaya Donalda Trampa i Si Tszinpinya v ramkax sammita G20 (29 iyunya 2019). Osaka - Sputnik Oʻzbekiston
Gʻarb mamlakatlari va turli gumanitar tashkilotlar rasmiy Pekinning Shinjonning musulmon aholisiga nisbatan tayziqlarini doimiy tanqid qilib kelishadi.

TOSHKENT, 18 iyun - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH maʼmuriyatiga xitoylik amaldorlarga nisbatan sanktsiyalarni qoʻllashga imkon beradigan uygʻurlar huquqlari toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi, deb xabar beradi RIA Novosti Oq uy matbuot xizmatiga tayanib.

“Uygʻurlarning huquqlariga oid siyosat toʻgʻrisidagi” 2020 yildagi qonun” Xitoyning Shinjon mintaqasidagi baʼzi etnik musulmon ozchiliklarning inson huquqlarini qoʻpol ravishda buzilishini qoralaydi va boshqa maqsadlarni, shu qatorda ayrim chet el fuqarolariga nisbatan sanktsiyalarni qoʻllash vakolatlarini ham nazarda tutadi", - deyiladi Amerika maʼmuriyati bayonotida.

May oyida Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom viloyatida uygʻurlarga va boshqa musulmonlarga zulm oʻtkazishda xitoylik amaldorlarga cheklovlar qoʻyishga imkon beradigan hujjat Kongressning ikkala palatasida ham maʼqullandi.

Gʻarb mamlakatlari va turli xil gumanitar tashkilotlar koʻpincha rasmiy Pekinning Shinjonning musulmon aholisiga nisbatan harakatlarini tanqid qilishadi, bunga javoban Xitoy rasmiylari uygʻurlar "qayta tarbiyalash markazlarida" oʻzlariga ish topishda yangi koʻnikmalar va radikal fundamentalizm taʼsiridan himoyani olishadi deb javob beradi.

Avvalroq Sputnik  radiosi davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyni Huawei orqali Britaniyaga "bosim oʻtkazishda" ayblaganini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala