Nurmat Otabekov aholi orasida tarqalayotgan mish-mishlarga izoh berdi

© Ministerstvo zdravooxraneniya respubliki UzbekistanGlavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov
Glavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aholi orasida tarqalayotgan, kasallanganlar soni haqidagi raqamlar go‘yoki bo‘rttirib ko‘rsatilayotgani haqidagi xabarlarga O‘zbekiston bosh sanitariya vrachi izoh berdi.

TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda kasallanganlar soni haqidagi raqamlar bo‘rttirib ko‘rsatilayotgani yo‘q. Bu haqida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingdan so‘ng javob qaytardi.

Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 17-iyun asosiy xabarlari

Jurnalistlarning, aholi orasida go‘yoki odamlarni karantinda ushlab turish uchun bemorlar soni bo‘rttirib ko‘rsatilmoqdami, xabarlarda e’lon qilinayotgan bemorlar soni haqiqiymi?, -degan savoliga Otabekov quyidagicha javob berdi:  

- Raqamlarni bo‘rttirib ko‘rsatish yoki ularni kattaroq raqam qilib ko‘rsatish — hech qachon O‘zbekistondagi soha vakillarining maqsadi bo‘lgan emas. Eng asosiysi, bizda kasallikni yashirishga urinish yo‘q.

Laboratoriya tekshiruvi natijasida aniqlangan har bir shaxs qaysi hududdan ekani, qaysi aholi qatlamiga mansub ekani, u karantin hududida yo xorijdan kelan fuqarolar orasida qayd etilayotgani to‘g‘risida to‘liq axborotni bir kunda 2 marotaba televidenie orqali ommaga yetkazapmiz.

Asosiy maqsadimiz — ularni xavotirga solish emas, ularni xushorlikka chaqirish. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari atrofimizda borligini, har bir ehtiyotsizlik kasallikni yuqtirib olish ehtimolini yuzaga keltirishi mumkinligini biz qayta-qayta eslatapmiz.

Dunyo statistikasiga ahamiyat bering: bir kunda, masalan bugun (15 iyun) jahon miqyosida 123 mingta bemor qayd etildi, kecha 140 ming bemor aniqlangan.

Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston
1 avgustdan barcha hududiy aeroportlarda “ochiq osmon” rejimi joriy etiladi

Albatta, dunyo hamjamiyatidagi raqamlarning oldida O‘zbekistonda ko‘rsatkichlar birmuncha past. Bularning barchasi — biz, sizlar bilan birgalikda olib borayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlarimiz, qolaversa, shu ishga jalb qilingan soha xodimlarining sa’y-harakatlari natijasi.

Asosiy maqsad epidemik vaziyatni jilovlashga qaratilgan. Biz kasallik keng ko‘lamda aholiga tarqalib ketishining oldini olish bo‘yicha hamma ishlarni qilyapmiz. Aholiga to‘g‘ri ma’lumotni o‘z vaqtida yetkazishga harakat qilyapmiz.

Yangiliklar lentasi
0