O‘zbekistonda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar soni kamaydi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishAksiya protiv torgovli lyudmi. Arxivnoe foto
Aksiya protiv torgovli lyudmi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy komissiyaning yig‘ilishini o‘tkazdi. Tadbir videokonferensiyalar tarzida bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar soni 22 foizga kamaydi. Bu haqda Oliy Majlis Senatida Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishi natijalari bo‘yicha xabar qilindi.

Mladenes - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda odam savdosi qurboni bo‘layotganlarning aksariyati chaqaloqlardir

Matbuot xizmatining xabar berishicha, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan va ish haqini o‘z vaqtida to‘lamagan 259 mansabdor shaxsga, shuningdek ish sharoitlarini yaratmagan 56 mansabdor shaxsga ma’muriy jarima solindi.

O‘tgan yil Respublika reabilitatsiya markazi odam savdosi qurbonlarining 220 nafariga tibbiy, psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatdi, ularning 113 nafari ish bilan ta’minlandi. To‘rt mingga yaqin fuqaro chet elda ish bilan ta’minlandi, 530 ming AQSh dollari atrofida o‘z vaqtida ish haqini ololmagan mehnat migrantlari foydasiga undirildi. Shuningdek, bugungi kunda ayrim mahalliy hokimliklar, vazirliklar va idoralar rahbarlari tomonidan ishchilarni funksional vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan mehnat turlariga majburan jalb qilish holatlari mavjud. Tadbir davomida quyi chiziqda ish samaradorligi past darajada olib borilayotganligi va bitta noo‘rin harakat tufayli odamlar aziyat chekayotgani va oqibatda davlat obro‘siga putur yetayotgani belgilab qo‘yildi, deyiladi habarda.

Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni sotish bilan bog‘liq jinoyatlarning yuqori darajasi xavotirga sabab bo‘lmoqda. Bu kabi jinoyatlar 2018-yilda 38 foiz ko‘rsatkichidan farqli o‘laroq, 2019-yilda 43 foizgacha oshgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda odam savdosi bilan bog‘liq murojaatlarni huquqiy hal etishning samarasiz tashkil etilgan mexanizmi, jinoyatlarning bunday turlarini aniqlash va sudlarda ko‘rib chiqish, jazoning muqarrarligi prinsipi haqida so‘z yuritildi. O‘tgan yili 710 ta murojaatning faqat 94 tasi bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0