Dunyoda

Tojikiston Oʻzbekiston bilan parvozlarni qayta tiklaydi

© Flickr / Lars SteffensBoing 737 aviakompanii "Somon Eyr", arxivnoye foto
Boing 737 aviakompanii Somon Eyr, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikistonliklar 1 iyuldan boshlab Oʻzbekiston shaharlariga parvoz qilishlari mumkin. Ulardan salomatligi toʻgʻrisida tibbiy maʼlumotnomaga talab etiladi.

TOSHKENT, 18 iyun — Sputnik. Tojikiston 1 iyuldan boshlab Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari bilan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklaydi. Tegishli qarorni Tojikistonda koronavirusga qarshi kurash boʻyicha shtab qabul qildi. Bu haqda Tojikistonning “Xovar” Milliy axborot agentligi xabar qildi

Tadjikistan otpravil v Uzbekistan gumanitarnuyu pomoщ dlya postradavshix ot prorыva dambы Sardobinskogo vodoxraniliщa  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tojikiston Oʻzbekistonga Sardoba falokati sabab insonparvarlik yordami yubordi

“Respublika shtabi qaroriga muvofiq, 1 iyuldan Birlashgan Arab Amirliklari va Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro aviaqatnovlar ochiq boʻladi. Barcha yoʻlovchilar salomatligi toʻgʻrisida tibbiy maʼlumotnomaga ega boʻlishlari shart”, - deyilgan xabarda.

Tojikiston 20 martdan boshlab mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida barcha aeroportlarini yopgan edi. Toshkent va Dushanbe oʻrtasidagi parvozlar esa 16 mart kuni toʻxtatib qoʻyilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 15 iyundan boshlab xalqaro aviaqatnovlarni qisman qayta tikladi. Qatnovlar  “qizil”, “sariq” va “yashil” toifasida amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala