Tojikiston O‘zbekiston bilan parvozlarni qayta tiklaydi

CC BY-SA 2.0 / Lars Steffens / Boeing 737 Somon AirBoing 737 aviakompanii "Somon Eyr", arxivnoe foto
Boing 737 aviakompanii Somon Eyr, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonliklar 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston shaharlariga parvoz qilishlari mumkin. Ulardan salomatligi to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomaga talab etiladi.

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Tojikiston 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari bilan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklaydi. Tegishli qarorni Tojikistonda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab qabul qildi. Bu haqda Tojikistonning “Xovar” Milliy axborot agentligi xabar qildi

Tadjikistan otpravil v Uzbekistan gumanitarnuyu pomosh dlya postradavshix ot proriva dambi Sardobinskogo vodoxranilisha  - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston O‘zbekistonga Sardoba falokati sabab insonparvarlik yordami yubordi

“Respublika shtabi qaroriga muvofiq, 1-iyuldan Birlashgan Arab Amirliklari va O‘zbekiston Respublikasi shaharlari yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro aviaqatnovlar ochiq bo‘ladi. Barcha yo‘lovchilar salomatligi to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari shart”, - deyilgan xabarda.

Tojikiston 20-martdan boshlab mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida barcha aeroportlarini yopgan edi. Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi parvozlar esa 16-mart kuni to‘xtatib qo‘yilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 15-iyundan boshlab xalqaro aviaqatnovlarni qisman qayta tikladi. Qatnovlar  “qizil”, “sariq” va “yashil” toifasida amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0