Jamiyat

Vazirlar Mahkamasining ikki nafar xodimida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye Kabineta ministrov Uzbekistana
Zdaniye Kabineta ministrov Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun ayni paytga qadar kasallik aniqlangan 15 nafar bemordan 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida qayd etilgan. Vazirlar Mahkamasining ikki nafar xodimida ham koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan.

TOSHKENT, 18 iyun — Sputnik. 17 iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlarini hududlar kesimida koʻradigan boʻlsak, Toshkent shahrida 5 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar, Toshkent viloyatida ham 3 nafar, Surxondaryo viloyatida esa 2 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Testirovaniye rossiyan na nalichiye antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirus: 17 iyun asosiy xabarlari

Jumladan, Toshkent shahri ichki ishlar tizimi tergovchisida, Mirobod tumanida yashovchi fuqaroda (ikkalasida ham tana harorati koʻtarilgan va tomoqda ogʻriq kuzatilganligi sababli oʻzlari borib namuna topshirgan), “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJning 2 nafar mutaxassisida (ishga chiqish uchun namuna topshirgan) kasallik qayd etilgan.

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati Boysun tumani Xalq banki filiali xodimi va uning onasida, Sirdaryo viloyatidagi elektr stantsiyasi ishchisi va uning oʻgʻlida (tana harorati koʻtarilgan va Bekobod tumanidagi shifoxonaga yotqizilgan), Chirchiq tumanida yashovchi fuqaroda (tana harorati koʻtarilgan va tez tibbiy yordam xizmati orqali yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan), Buxoro viloyati koʻz kasalliklari shifoxonasining 3 nafar tibbiyot xodimida ham infektsiya aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar kasallik aniqlangan 15 nafar bemordan 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida qayd etilgan. Jumladan, ular orasida Vazirlar Mahkamasining ikki nafar xodimida ham koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan. Hozirda paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala