Yaponiya osmonida noma’lum shar uchib o‘tdi - video

© REUTERS / KYODONeizvestniy obyekt sharoobraznoy formi, poyavivshiysya v nebe na severo-vostoke Yaponii
Neizvestniy obyekt sharoobraznoy formi, poyavivshiysya v nebe na severo-vostoke Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiya osmonida noma’lum shar uchib o‘tdi. Obyektning o‘rganish uchun politsiya uning oldiga vertolot yubordi.

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Yaponiya osmonida noma’lum sharsimon jism paydo bo‘lgan. NHK telekanali xabariga asosan.

Kuni kecha Miyagi prefekturasi politsiyasiga va Senday ma’muriy markaziga sharsimon shaklidagi noma’lum shar haqida ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.

Politsiya obyekt o‘rganish uchun vertolot yubordi. Shar 1,5 kilometr balandlikda uchishi, unda ikkita parrak va past qismida krestsimon konstruksiya borligini ko‘rishgan.

Transport vazirligi va Meteorologiya boshqarmasi obyektning ularga hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.

Transport vazirligining Senday departamenti,  odamlar gavjum bo‘lgan hududlarda parvozlar amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish kerakligini aytdi, ammo bu bo‘yicha hech qanday ariza kelib tushmadi.

Chorshanba kuni kechqurun shar sharq tomon uchib ketdi.

Yangiliklar lentasi
0