Analitika

Oʻzbekistonda COVID-19 bilan kasallanish soni koʻpayishi sababi nimada – virusolog

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMarufjon Madaminov — zaveduyuщiy laboratoriyey chumы Respublikanskogo tsentra profilaktiki chumы, karantinnыx i osobo opasnыx infektsiy Minzdrava RUz
Marufjon Madaminov — zaveduyuщiy laboratoriyey chumы Respublikanskogo tsentra profilaktiki chumы, karantinnыx i osobo opasnыx infektsiy Minzdrava RUz - Sputnik Oʻzbekiston
Respublika oʻlat, karantin va oʻta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi vabo laboratoriyasi mudiri mamlakatdagi vaziyat yuzasidan fikr bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yigʻilishi davomida koronavirus bilan bogʻliq vaziyat tobora murakkab tus olayotgani va soʻnggi kunlarda aholi orasida virusni yuqtirib olish holatlari koʻpayganini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston SSV huzuridagi Respublika oʻlat, karantin va oʻta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi vabo laboratoriyasi mudiri Maʼrufjon Madaminov epidemiologik vaziyatning yomonlashishiga qator karantin choralarining yengillashtirilgani sabab boʻldi deb hisoblaydi. Bir necha kun oldin qator faoliyatlarga ruxsat berildi va transport harakati oʻz ishini boshladi.

Glavnыy saninspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Nurmat Otabekov aholi orasida tarqalayotgan mish-mishlarga izoh berdi

“Bir hafta ilgari navbatdagi karatin choralari yengillashtirildi, “sariq” va “yashil” hududlarda avtobus qatnoviga ruxsat berildi. Taxminan 5-6 kundan soʻng kasallanish soni osha boshladi”, - deya tushuntirdi virusolog Sputnik nashriga bergan intervyusida.

Biroq, mutaxassisning taʼkidlashicha, 50 foizdan 70 foizgacha koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holati xorijdan charter reys bilan olib kelingan va karantin markazidagi fuqarolarda aniqlangan.

Bundan tashqari, kasallanish statistikasini epidemiologik vaziyat noxush mamlakatlardan Oʻzbekistonga kirib kelayotgan xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari oshirmoqda. Madaminovning qayd etishicha, hozirda chegarada ular koronavirusga test topshirishlari uchun barcha kerakli sharoitlar muhayyo qilingan.

Zdaniye Kabineta ministrov Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining ikki nafar xodimida koronavirus aniqlandi

Uning soʻzlariga koʻra, ushbu vaziyatda virusni yuqtirish manbai nomaʼlumligicha qolayotgani tashvishga soladi. Vaziyat yomonlashgan, lekin u tegishli organlar nazorati ostida. Barcha aniqlangan yangi holatlar roʻyxatga olinmoqda va maʼlumotlar kun davomida bir necha marta yangilanmoqda.

Koronavirusning yengil shakllari aniqlangan yoki kasallik alomatlarisiz oʻtayotgan fuqarolarni uy sharoitida tibbiy nazoratda ushlash va davolash amaliyoti yoʻlga qoʻyish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

“Tabiiyki, ularni yashash joyidagi oilaviy poliklinika yoki qishloqdagi shifokorlar punkti shifokorlari davolashadi. Kasallik rivojlansa kuchli oʻrta ogʻir ahvoldagi bemorlar kasalxonaga yotqiziladi”, - dedi Madaminov.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, har bir salbiy voqeaning oʻziga yarasha qandaydir ijobiy tomoni bor. Salbiy tajriba kerakli xulosalarni chiqarishga yordam beradi va kelajakda aholi salomatligini muhofaza qilishda sogʻliqni saqlash xizmati imkoniyatlarini oshirishda koʻmaklashadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala