TOSHKENT, 19 iyun - Sputnik. Kembridj va Edinburg universiteti olimlari haftada kamida 150 daqiqa jismoniy faollik erta oʻlim xavfini 15 foizga kamaytirishini aniqladilar. Tadqiqot Lancet Global Health jurnalida chop etilgan.
Mutaxassislar dunyoning 168 mamlakatida yashovchilari ishtirokida, BSST jismoniy mashqlar boʻyicha tavsiyalariga rioya etgan holda, haftasiga oʻrtacha 150 daqiqani ayerob mashqlariga - oʻrtacha intensivlik mashgʻulotlariga bagʻishladilar, bunda mushaklar quvvatni kisloroddan oladi.
Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, jismoniy mashqlar tufayli erta oʻlimlar soni 15% ga kamayadi. Bu yiliga toʻrt million saqlanib qolingan hayotni anglatadi.
Olimlarning taʼkidlashicha, jismoniy faollik cheklanishi oqibatida tananing funktsiyalari buzilgani sababli dunyoda har yili uch milliondan oshiq odam vafot etadi.
Avvalroq, Sputnik radiosi efirida mutaxassis uzoq vaqt oʻz-oʻzini yakkalashdan keyin jismoniy quvvatni qanday tiklashni boshlash haqida aytib berdi.