TOSHKENT, 19 iyun - Sputnik. Neft narxi oʻsib bormoqda: OPEK+ vazirlik monitoring qoʻmitasining kuni kecha boʻlib oʻtgan yigʻilishi, savdolar maʼlumotlariga koʻra, investorlarni talabning tez tiklanishi umidi bilan ilhomlantirdi.
Moskva vaqti bilan 7:45 da Shimoliy dengiz Brent neft navining avgust fyucherslari narxi 0,87 foizga oʻsdi va bir barrel uchun 41,87 dollarni tashkil qildi, WTI uchun iyul fyucherslari esa 0,98 foizga koʻtarilib 39,22 dollarni tashkil qildi.
Birinchi navbatda, bozorni Iroq va Qozogʻistonning may oyidagi ishlab chiqarish hajmini qisqartirilmay qolib ketgan qismini qoplash rejalari qoʻllab-quvvatladi. Yigʻilishning yakuniy kommyunikesi loyihasida qayd etilishicha, oʻtgan oyda OPEK+ bitimiga amal qilish darajasi 87 foizni tashkil etgan.
OPEK+ yangi kelishuvlari may oyidan ikki oy davomida kuniga 9,7 million barrel neft qazib olishning qisqartirilishi bilan boshlandi, 6 iyun kuni esa ushbu shart iyulgacha uzaytirildi. Keyinchalik, qazib olishning qisqartirish hajmi yil oxirigacha kuniga 7,7 million barrelgacha va 2022 yil aprel oxiriga qadar 5,8 million barrelni tashkil etadi.
“Bu hafta aniq boʻldiki, har qanday ikkinchi toʻlqin ham hukumatlarni keskin choralarga qaytishga majbur qila olmaydi”, - dedi Blumberg ahborot agentligiga Vanda Insights asoschisi Vandana Xari (Vandana Hari) honim.
Uning taʼkidlashicha, OPEK+ davlatlaridan neft yetkazib berishni cheklash haqida gap ketishi bilanok bozor tinchlanmoqda.