Jamiyat

SHHT doirasida harbiy oʻquvlar oʻtkazish boʻyicha Bishkek bayonnomasini maʼqullandi

© Sputnik / Bolat ShayxinovFlag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnits SHOS
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bishkek bayonnomasiga qoʻshilish SHHT doirasida oʻzaro harbiy-texnikaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, qoʻshma tadbirlar amalga oshirish va kadrlar tayyorlash maqsadlariga xizmat qiladi.

TOSHKENT, 19 iyun - Sputnik. Bugun boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Senatining beshinchi yalpi majlisida “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnomani (Bishkek, 2019 yil 29 aprel) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqulladi.

Ushbu Qonunning qabul qilinishi - SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida harbiy-texnikaviy sohadagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, tomonlarning harbiy xavfsizligini taʼminlash, oʻz Qurolli Kuchlarining harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy-texnik hamkorlik boʻyicha qoʻshma tadbirlarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi, - deyilgan xabarda.

Shu bilan birga, Bayonnoma SHHT aʼzosi boʻlgan istalgan davlat unga qoʻshilishi uchun ochiqligi, qoʻshilgan davlat uchun ushbu Bitim depozitariy tomonidan qoʻshilish haqida hujjat olingan sanadan boshlab 30 kun ichida kuchga kirishi kabi yangi oʻzgartishlarni oʻz ichiga olgan,  deyilgan xabarda.

 

Yangiliklar lentasi
0