TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. 2020/2021 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi.
Abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi.
Roʻyxatga olish Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (abitur.dtm.uz) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
Kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fandan oʻtkaziladi.
Abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil boʻlgan 5 tagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.