Hodisalar

Toshkentda “Bitcoin” noqonuniy savdosi bilan shugʻullangan shaxs qoʻlga tushdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka oʻtishBitkoin i texnologiya blokcheyn
Bitkoin i texnologiya blokcheyn - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkentda “Bitcoin” savdosi bilan noqonuniy shugʻullangan shaxslar faoliyatiga chek qoʻyildi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi va 190-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Toshkentda “Bitcoin” savdosi bilan noqonuniy shugʻullangan shaxslar faoliyatiga chek qoʻyildi.

Messendjer Telegram mojet bыt zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH hukumati Telegram kriptovalyutasini taʼqiqladi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish bilan shugʻullangani aniqlandi.

U 2019–2020 yillarda internet tarmogʻidagi Telegram kanalida fuqarolarga 3 mln. AQSH dollari miqdoridagi kriptoaktivlar koʻrinishidagi mablagʻlarni ayirboshlash orqali xorijiy davlatlar fuqarolari bilan chet el valyutasini oʻtkazib kelgani, “Bitcoin” oldi-sotdisi bilan litsenziyasiz shugʻullanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish)  va 190-moddasi (Faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0