Toshkent hokimi maktabning oltin medalli o‘quvchisiga Spark sovg‘a qildi

© Press-slujba xokimiyata Almazarskogo rayonaXokim Tashkenta podaril medalistke shkoli avtomobil Spark
Xokim Tashkenta podaril medalistke shkoli avtomobil Spark - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi Mushtariy Razzoqova O‘zbekiston Milliy universitetining taekvondo fakultetiga talabalik safiga imtihonlarsiz qabul qilingan edi.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Poytaxtda 278-maktabning 11-sinf bitiruvchisi  Razzoqova Mushtariy Ali qizi o‘zining o‘qishda erishgan yutuqlari va a’lo bilimlari uchun oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu haqda Olmazor tumani hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Hokim va yoshlar” uchrashuvida shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev tomonidan Mushtariyga  “Spark” rusumli avtomobil sovg‘a qilindi”, - deyilgan xabarda.

Joriy yilning yanvar oyida Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi Mushtariy Razzoqova O‘zbekiston Milliy universitetining  taekvondo fakultetiga talabalik safiga imtihonlarsiz  qabul qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0